“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 04:43
ЎЗO‘Z

«Dadam vafot etdi, ammo men...baxtli odamman...»

16 okt, 08:17 5 369 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Dadam vafot etdi, ammo men...baxtli odamman...» Yaqinda bir do‘stimning otasi uzoq davom etgan kasallik tufayli olamdan o‘tdi. Hafta o‘rtasi bo‘lgani uchun ishdan ortib vodiyga borolmadim. Dam olish kuni yetib borganimda fotihayu marakalari o‘tib, ko‘ngil so‘ragani kelayotganlarning safi siyraklashgan edi. Shu sabab do‘stimiz bilan ancha hasratlashib o‘tirdik.

Darvoqe, do‘stim va dadasi haqida.

U oddiy qishloq yigitlari qatori uylangach, yangi yer uchatkasi olib uy qurish, o‘g‘liga to‘y qilish... kabi “o‘zbekona” tashvish tufayli yillab Rossiya yo Qozog‘istonda ishlar, qish payti joynamozini qidirib qolsa-da, boshqa vaqt “ishdan ortmas”, agar ulfatlar yolg‘ondakam majburlasa, rostdan “qittay-qittay” qilib yuraverardi. U chet elda yurgan payti sinfdoshlar “do‘ppidek” osh ustida yig‘ilib qolsak, albatta, do‘stimizning otalarini topib kelardik. Ko‘ngli ochiq va samimiy inson bo‘lganlaridan davramizni “buzib” qo‘ymasdilar. Meni alohida yaxshi ko‘rar, va buning sababini o‘zim yaxshi bilardim: ozgina diniy ilmim borligidan edi bu e’tibor. Ora-chira mendan: “O‘rtog‘ingizni ham “yiqiting”, deb beozorgina iltimos qilardilar. Shusiz ham do‘stimga ibodatning shart va afzalligi haqida ko‘p va xo‘p aytardim. Ammo natija bo‘lavermasdi...

Xullas, “fotiha”da o‘tirgan paytimiz asr namozning vaqti kirib qoldi. Tabiiyki, namozga taraddudlandim. Shunda do‘stim: “ Ichkariga kiraylik, birga o‘qiymiz” deb qoldi. Albatta, ajablanmadim, chunki biror yaqinidan ayrilgan hamqishloqlarimiz namozxon bo‘lib qoladi. Ammo, afsuski, bu mutaassirlik ko‘pga cho‘zilmasliginiyam bilamiz.

Ibodatdan forig‘ bo‘lganimizdan so‘ng o‘rtog‘im gap boshladi: “Dadam ancha yotib qoldi. Xabaringiz bor, astoydil qaratdim. Mashina olishga to‘plagan pulim tugab, ancha muncha muncha qarzga ham kirdim, lekin roziman. To‘g‘ri, dadam vafot etdi, ammo men...baxtliman. Chunki yillab Rossiyada yurganimda “po‘k” etib o‘tib qolganlarida...o‘zimni kechirolmasdim... Uzoq kechalarda yonlarida o‘tirdim. Bor gaplarini menga aytdilar. Vasiyatlariniyam eshitdim. Ular orasida ukamga va menga besh vaqt namozni kanda qilmaslikni alohida tayinladilar, biz va’da berdik. Singillarimdan doimo xabar olishimni aytdilar, albatta, xabar olaman. Endi, do‘stim, namozni yaxshilab o‘rganmoqchiman, Sizga ancha savollarim yig‘ilib qolgan...”

Do‘stimning keyingi gaplari qulog‘imga kirdi yo kirmadi. Men unga ishondim, u otasining vasiyatiga albatta amal qiladi, ibodatlarini kanda qilmaydi, inshaalloh...

Toshkentga qaytar ekanman, do‘stimning rahmatli otasi haqida o‘ylab keldim. Sakson yildan ortiq yashadi. Doimo halol mehnat qilib o‘tdi, boy bo‘lishga intilmadi. Olti nafar farzandlarini uylab-joyladi. Birovdan oshib ham, boshqadan qolib ham ketmadi. Ibodatlarini ham go‘zallik bilan ado etardi, ya’ni qishloqdagi kam sonli namozxonlardan biri edi. O‘ta kamtar va hokisor edi. Havas qilsa arzigulik umr kechirib o‘tdilar. Bir so‘z bilan ta’riflash kerak bo‘lsa, men bu zotni “yaxshi banda” degan bo‘lardim...

Ko‘z oldimda otaxonning tabassum muhrlangan chehralari namoyon bo‘ldi. Beixtiyor ko‘zimdan yoshlar, dilimdan duolar yog‘ila boshladi: “Allohim, shu yaxshi bandangni o‘z rahmatingga cho‘mdir...”
Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 180
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 130
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 159
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 349
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 239
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar