“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:39
ЎЗO‘Z

Mevadagi qand jigar uchun xavflimi?

04 okt, 00:05 3 025 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mevadagi qand jigar uchun xavflimi? Foto: «Ont.by»
Taomnomada fruktoza yoki «mevadagi qand» ko‘p bo‘lishi jigarning yog‘ni yoqish qobiliyatini kamaytiradi. Taqqoslash uchun: shuncha miqdordagi glyukoza metabolizmga bunchalik ta’sir ko‘rsatmaydi, degan xulosaga kelishdi Joslin diabet markazi (Boston) tadqiqotchilari. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qildi.

Demak, bir xil kaloriyaga ega bo‘lishiga qaramay, «diyetik» fruktoza salomatlikka glyukozadan ko‘ra ko‘proq salbiy ta’sir o‘tkazar ekan-da.

— Fruktoza jigarni yog‘ to‘plashga majburlaydi. U taomnomaga ko‘p miqdorda yog‘ qo‘shish kabi ta’sir ko‘rsatadi. Taomnomada glyukoza miqdori ko‘paysa, jigarga yog‘ni yoqishga yordam beradi va shunga ko‘ra sog‘lom metabolizmga erishiladi, — deya ta’kidlaydi tadqiqot yetakchisi, Garvard tibbiyot maktabi professori Ronald Kan.

Hayvonlar ustida olib borilgan tadqiqotlar chog‘ida olimlar oltita turdagi parhezning metabolizmga ta’sirini taqqoslashdi: ko‘p miqdorda fruktoza va glyukoza, yog‘, shakar, kundalik taomnoma kabilar hisobga olindi.

Mutaxassislar, shuningdek, jigar hujayralaridagi atsilkarnitin darajasini o‘rganishdi. Jigar yog‘ni yoqqanda ular ishlab chiqariladi. Yuqori atsilkarnitinlar darajasi yomon hisoblanadi. Negaki bu jigarda ko‘p yog‘ yoqilayotganini anglatadi. Ko‘p yog‘ va fruktozali parhezda saqlangan jonivorlarda ushbu modda konsentratsiyasi yuqori chiqqan. Yog‘ni yoqqanda glyukoza yordamchi ta’sir o‘tkazishi tasdiqlandi.

Olimlar, shuningdek, CPT1A fermenti faolligini ham nazorat qilishdi. Mazkur holatda, u qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi — mitoxondriya yog‘larni yoqish bo‘yicha vazifasini to‘g‘ri bajarayotganiga ishora qiladi. Tadqiqotchilar, yog‘ va fruktoza darajasi yuqori bo‘lgan taomnomada CPT1A ko‘rsatkichi pastligini, mitoxondriya esa kerakli tartibda ishlamayotganini aniqlashdi.

Tadqiqot natijalari bilan batafsil «Cell Metabolism» jurnalida chop etilgan maqolada tanishish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 149
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 304
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 154
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 344
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 234
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar