“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 20:58
ЎЗO‘Z

Miyadagi burmalar nimaga kerak?

19 sen, 22:53 3 596 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Miyadagi burmalar nimaga kerak? Foto: Shutterstock
Biz odam miyasi yong‘oq o‘xshash ko‘rinishga ega degan tasavvurga ishonib qolganmiz. Xo‘sh, nimaga shunday? FunScience kanali bu savolga javob berdi.

Miya po‘stlog‘i, shuningdek, kulrang modda ham deyiladi va u bola hali bachadondaligidayoq burmalar hosil qilishni boshlaydi. Buning sababi po‘stloqning kengayishi ekanligini Kembrij universiteti psixiatriya kafedrasi mutaxassisi Liza Ronan izohlab bergan. Mohiyatan, miya po‘stlog‘i kengayishi tufayli uning tashqi qatlamlariga bosim ortadi va shu sababli miyaning eng tashqi qavati burishib, burmalar hosil qila boshlaydi. Burmalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, unda shunchalik ko‘p miqdordagi neyronlarga joy bo‘ladi va bu orqali odamning fikrlash va ong salohiyati ortadi.

Hayvonot olami vakillarida esa miyasida burmalar mavjud bo‘lgan turlar unchalik ko‘p emas. Masalan, kemiruvchilarda miya burmalar hosil bo‘ladigan darajada kattalashmaydi va miya burishmaydi. Odatda burmalar yirikroq miyali jonivorlarda uchraydi. Biroq hammasida ham emas. Masalan, dengiz sigirining miyasi boshqalar bilan taqqoslaganda yetarlicha yirik bo‘lgani bilan, unda burmalar juda oz. Buning ham sababi bor albatta. Chunki miyada burmalar hosil bo‘lishida faqat uning o‘lchamlari emas, balki miya po‘stlog‘ining fizik xususiyatlari ham katta ahamiyat kasb etadi. Po‘stloq yupqaroq bo‘lsa, unda burmalar osonroq hosil bo‘ladi.

Burmalarning hosil bo‘lishida muayyan qonuniyat mavjudligi bilan qiziqdir. Bir qarashda miyadagi burmalarning burishgan-tirishgan joylari, ariqcha va qatlamlari xuddi betartib, tasodifiy shakllarda paydo bo‘ladigandek ko‘rinadi. Biroq muayyan biologik turlardagi miya burmalarining shakli bir xil bo‘ladi va nafaqat. Ya’ni, biror jonivorning boshqa turga mansub qardosh turdoshlaridagi miya burmalari ham o‘xshash bo‘ladi! Va shunga ko‘ra xulosa qilinadiki, burmalarning shakli va tartibi hamma turlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Umumiy olib qaraganda, miyaning muayyan joyining fizik xossalari va yerdagi burmalar tartibi, aynan shu joyning bajaradigan funksional vazifasiga bog‘liq bo‘ladi. Biroq, miyadagi burmalar sonining ko‘p ekanligi ong va fikrlash darajasining rivojlanganligiga dalil bo‘la olmaydi. Masalan, filning miyasida burmalar odam miyasidagidan ancha ko‘p bo‘ladi. Vaholanki, fillarni fikrlaydi, yoki, mulohaza yurita oladi deb ayta olmaymiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 101
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 109
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 281
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 190
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 252
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 399
  • So'nggi yangiliklar
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 0
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 9
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 97
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 101
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 55
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 43
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 137
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 70
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 22
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 72
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 28
  • Bo‘limlar