“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 03:04
ЎЗO‘Z

Qizlarga Iymona, Imrona, Yasina ismlarini qo‘yish joizmi?

10 sen, 14:14 35 578 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qizlarga Iymona, Imrona, Yasina ismlarini qo‘yish joizmi? O‘zbekiston Musulmonlar idorasining fatvo hay’ati saytidan fuqarolar tomonidan berilgan ismlar bilan bog‘liq savollarga javoblarni yig‘dik. Quyida ular bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

Savol: 4 yoshli qizim bor. Ismi Iymona. Kecha televizorda domla Iymona ismi Islomda mumkin emas dedilar. Shu rostmi?
Javob: Rost. Lekin Iymon deb qo‘ysa bo‘ladi. Iymon so‘zi musulmon bo‘lmagan inson musulmon bo‘lganida “iymon keltirdi”, “iymonli bo‘ldi” deyiladi. “Iymona” ism shaklida emas.

Savol: Yaqinda kiz farzandli bo‘ldim. Yasina deb ism qo‘yish istagidaman. Shu ism joizmi?
Javob: “Yasin” bu – Allohning muqaddas kitobi, “Qur’oni karim”dagi o‘ttiz oltinchi suraning nomidir. Lekin bu so‘zning “Yasina” shakli yo‘q.

Savol: Nabiramning ismi Imrona. Bu ismni o‘zgartirish kerakmi?
Javob: O‘zgartirish shart emas. Lekin bu kabi ism qo‘yishga tavsiya qilmaymiz. Shu o‘rinda siz azizlarga shuni ta’kid bilan aytib o‘tmoqchimizki, farzandga go‘zal ism qo‘yish ota-ona va oila boshliqlari zimmasidagi muhim burchlardan biri hisoblanadi. Ism qo‘yishda agar o‘zlaringiz qo‘ymoqchi bo‘lgan ismning ma’nosini ahli ilmlardan so‘rab oling, chunki har qanday jarangdor eshitilishi go‘yoki yoqimli bo‘lgan ismlar to‘g‘ri ma’noga dalolat qilavermaydi.

Savol: Farzandim dunyoga kelganida peshonasida xoli bor edi. Unga Kamron deb ism qo‘yganmiz. Xoli bilan tug‘ilgan bolaga Xoldor yoki shunga o‘xshash ism qo‘yish shartmi?
Javob: Yo‘q, xol bilan tug‘ilgan kishiga “Xoldor” deb ism qo‘yish shart emas.

Savol: Muhammadqodir ismini qo‘yish mumkinmi?
Javob: Abdulqodir deb ism qo‘yish maqsadga muvofiqdir.

Savol: Jahongir ismi dinimizda harom ekanini ba’zi manbalarda o‘qib qoldim. Shu rostmi?
Javob: Shariatimizda bu ism harom degan gap yo‘q.

Savol: O‘g‘limning ismi Abdurasul. Uni o‘zgartirishim kerakmi?
Javob: “Abdurasul” emas balki, “Muhammad Rasul” yoki “Rasul” deb atasangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 341
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 229
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar