“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 21:55
ЎЗO‘Z

Olimlar tish uchun zararli ichimliklarni ma’lum qilishdi

31 iyul, 08:28 4 047 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar tish uchun zararli ichimliklarni ma’lum qilishdi Shirin ichimliklar inson tishlariga zarar yetkazadi. Bu haqda Polshadagi Varshava tibbiyot universiteti xodimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari dalolat bermoqda. Tadqiqot natijalari International Journal of Environment and Health jurnalida chop qilingan.

Olimlar tarkibida shakar o‘rnini bosuvchi sun’iy birikmalar (ksilit, eritrit, steviya) bo‘lgan va xushbo‘ylashtirilgan ichimliklarning tish emal qavatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganib chiqishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shakar o‘rnini bosuvchi sun’iy birikmalar glyukoza-fruktoza sharbati kabi tish yemirilishiga sababchi bo‘lar ekan.

Gap shundaki, bundan bir necha yil ilgari Melburn universiteti (Avstraliya) tadqiqotchilari tarkibida kislotali qo‘shimchalar (limon kislotasi – Ye330, fosfor kislotasi – Ye338) bo‘lgan ichimliklar tish emalini 30-50 foizga yumshatishini aniqlagan edilar.

Demak, shakarsiz ichimliklar shirin ichimliklar kabi tishlarga birdek zarar yetkazadi.

Olimlar tarkibida limon kislotasi – Ye330 va fosfor kislotasi – Ye338 bo‘lgan ichimliklarga e’tibor qaratishni tavsiya qilishadi. Hatto limon sharbati ham tish emaliga zarar yetkazishi mumkin.

O‘z-o‘zidan shirinlashtirilgan va tarkibida kislota bo‘lgan ichimliklarni ichish kerak emasmi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Tish shifokorlari bunday ichimlik ichgandan keyin tish tozalamaslikni maslahat berishadi. Bir necha soat o‘tgandan so‘ng tozalash maqsadga muvofiq. Chunki bunday ichimliklar tish emali qavatini yumshatadi va tish cho‘tkasi unga zarar yetkazishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 125
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 335
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 228
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 293
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 0
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 12
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Bo‘limlar