“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:51
ЎЗO‘Z

Qaysi mahsulotlar saraton kasalligini keltirib chiqaradi?

05 iyul, 17:43 4 965 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qaysi mahsulotlar saraton kasalligini keltirib chiqaradi? Foto: Fotolia
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, Yerdagi har oltinchi odam saraton tufayli nobud bo‘ladi. Taxminan uchdan bir holatlarda saraton noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli rivojlangan, deya xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Shirin o‘lim

«Shakar va shakar o‘rnini bosuvchi sun’iy qo‘shimchalar – xavfli mahsulotlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda. Shakar o‘rnini bosuvchilar, sun’iy bo‘yoq va hid beruvchilar, aynan shunday qo‘shimchalar solingan ichimlik va mahsulotlar juda zaharli. Zaharli mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish tomoq, qizilo‘ngach va oshqozon hamda boshqa organ va tizimlar saratoniga olib kelishi mumkin», - deydi Klasterli onkologiya klinikasi davolashning kombinatsiyalashgan usullari onkologik jarrohlik bo‘limi mudiri Natalya Sukorseva.

Shakar salbiy o‘simtalarning o‘sishiga hissa qo‘shgani uchun ham xavfli, deya ta’kidlashgan belgiyalik olimlar.

Xalqaro olimlar guruhi tadqiqotlariga ko‘ra, shakarni o‘ta ko‘p miqdorda iste’mol qilish to‘g‘ri ichak, ko‘krak va qovuq saratonini keltirib chiqarishi, biroq keng tarqalgan bosh va orqa miya saratoni – gliomadan himoya qilishi mumkin.

Xavfli kolbasa

2015 yil oxirida Saratonni tadqiq etish bo‘yicha xalqaro agentlik kolbasa va qayta ishlangan go‘shtdan tayyorlangan mahsulotlarni isbotlangan kanserogen faollik deb tan oldi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ularni muntazam iste’mol qilish kolorektal saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Kuniga 50 gramm qayta ishlangan go‘sht onkologiya bilan kasallanish ehtimolini 18 foizga oshiradi.

Bundan tashqari, kolbasa va sardelkalarni yaxshi ko‘rish ko‘krak bezi saratoniga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi Glazgo universiteti olimlari. Tadqiqotchilar 270 mingdan ortiq yevropalik ayolning ovqatlanish ratsioni va onkologiya bilan kasallanish darajasini tahlil qilishgan. Aniqlanishicha, haftasiga bir marta sosiska iste’mol qilish xatarli o‘simtalar paydo bo‘lish xavfini 15 foizga oshirar ekan. Ko‘p miqdorda qizil go‘sht yeyish ham zararli.

Yog‘li, mazali, befoyda

Irsiy o‘zgartirilgan sichqonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar agressiv xatarli o‘simtalar paydo bo‘lishiga hissa qo‘shishi va ularning o‘sish sur’atini deyarli yuz marta oshirishini ko‘rsatgan.

Irsiy o‘zgartirilgan sichqonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda yuqori darajadagi xolesterin ichaklar to‘qimalaridagi hujayralarning jadal bo‘linishi va o‘sishini chaqirishini ko‘rsatgan. Natijada xatarli o‘simtalar paydo bo‘ladi.

Muhimi – to‘g‘ri tayyorlash

Fransuz va braziliyalik olimlarning fikriga ko‘ra, saratonni qandaydir noaniq mahsulotlar emas, ularni tayyorlash usullari chaqiradi. Onkologiya paydo bo‘lishiga ultra qayta ishlangan yeguliklar – non mahsulotlari va yeguliklar, gazli ichimliklar, shakarli makkajo‘xori donachalari, yarim tayyor mahsulotlar va qayta tiklangan go‘sht mahsulotlari sabab bo‘ladi.

«Albatta u yoki bu mahsulot yoki oziq-ovqat qo‘shimchasini onkologik kasalliklar yuzaga kelishi yoki rivojlanishida ayblash juda murakkab, biroq ovqatlanishimiz ko‘pincha o‘simta hosil bo‘lishini ishga tushiruvchi mexanizmga aylanishi mumkin. Ovqatlanish to‘laqonli, xilma-xil, biroq mo‘’tadil bo‘lishi kerak. Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal qilib, zararli odatlardan voz kechish kerak. Eng muhimi, muddati uzoq va o‘tgan mahsulotlarni iste’mol qilmaslik kerak», - deya maslahat beradi Natalya Sukorseva.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 167
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 128
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 157
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 347
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 237
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar