“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 08:30
ЎЗO‘Z

Kuniga hech bo‘lmaganda 15 daqiqa piyoda yurishingiz uchun 15 ta sabab...

29 iyun, 12:50 4 483 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kuniga hech bo‘lmaganda 15 daqiqa piyoda yurishingiz uchun 15 ta sabab... Piyoda yurish – A nuqtadan B nuqtaga harakatlanish usuligina emas. U sizga ko‘proq narsa berishi mumkin, deydi Layfxakerga tayanib Kun.uz nashri.

1. Kayfiyatni ko‘taradi
Sayrlar kayfiyatni ko‘taradi, ayniqsa, sportzalda emas ochiq havoda bo‘lganida. Bundan tashqari, u depressiyada yordam beruvchi vosita sanaladi.

2. Ijodkorlikni oshiradi
Agar ilhomni yo‘qotib qo‘yib, uni qanday qilib qaytarishni bilmasangiz yoki g‘oyani hayotga mos loyihaga aylantirishga intilayotgan bo‘lsangiz, sayrga otlaning. Piyoda yurish fikrlashning konvergent va divergent turlarini yaxshilaydi. Aynan ular ijodkorlik bilan bog‘liq.

3. Allergiyaga qarshi kurashishda yordam beradi
Allergiya mavsumida uni qo‘zg‘atuvchilardan himoyalanish, aksirish, ko‘z yoshi va qichishishlardan xalos bo‘lish uchun uyda “yashirinib olish” istagi paydo bo‘ladi. Biroq olimlar bu strategiyani qo‘llab-quvvatlashmaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yurish va yugurish allergiya belgilarining oldini oladi.

4. Metabolik sindrom ehtimolini kamaytiradi
Metabolik sindrom – yuqori qon bosim, qondagi qand miqdorining yuqori darajasi, ortiqcha vazn kabilarni o‘z ichiga olgan salomatlik bilan bog‘liq muammolar majmuasi. U diabet, yurak qon-tomir kasalliklari, erta o‘lim darakchisidir. Metabolik sindrom o‘tirish holatidagi turmush tarzi sababli paydo bo‘ladi. Unga qarshi samarali va bepul vosita – aerobika mashqlari mavjud.Tez-tez yurish sog‘liq uchun kurashda a’lo usulga aylanadi.

5. Umrni uzaytiradi
Kundalik mashg‘ulotlar umrni yetti yilga uzaytirishda yordam beradi. Qo‘shimcha yillarni zavq bilan yashash ehtimoli yuqori, chunki piyoda yuruvchi kishilar o‘zlarini baxtli his etishadi.

6. Tejashda yordam beradi
Fitnes-klub abonementi va trener bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar qimmat bo‘lishi mumkin. Piyoda yurish uchun esa hech qanday qo‘shimcha anjomlar kerak emas. Hatto maxsus oyoq kiyim uchun ham pul sarflashning hojati yo‘q. O‘zingizda mavjudlaridan eng qulayini tanlashning o‘zi kifoya.

7. Yoshlikni uzaytiradi
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, muntazam piyoda yuradigan kishilar hujayralari nuqtai-nazaridan o‘zlarining dangasa tengqurlariga qaraganda ancha yosh ko‘rinishadi.

8. Uyquni normallashtiradi
Muntazam piyoda yurgan kishilar yaxshi va tiniqib uxlashadi. Uyqusizlik, uyquga ketish bilan bog‘liq boshqa muammolardan kamroq aziyat chekishadi. To‘laqonli hordiq esa uzoq va sog‘lom hayotning asosiy omillaridan biridir.

9. Zo‘riqishni kamaytiradi
Zamonaviy dunyoda zo‘riqishni kamyob hodisa deb bo‘lmaydi, u jismoniy va ruhiy salomatlikka jiddiy zarar yetkazadi. Yurish – tinchlanishning tezkor va samarali usuli. U kortizol darajasini normallashtirish va ongni tozalashga yordam beradi.

10. Miya faoliyatini yaxshilaydi
Yurish nafaqat tana, balki miya uchun ham foydali. Muntazam sayrlar xotira, anglash, o‘rganish ko‘nikmalarini yaxshilaydi, shuningdek, demensiya va Alsgeymer kasalligi rivojlanishi ehtimolini kamaytiradi.

11. Og‘riqni qoldiradi
Surunkali og‘riqdan aziyat chekuvchi odamning xayoliga ham kelmaydigan usul bu – muntazam sayrlar. Biroq olimlar yurish ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli istiqbolda yordam berishini aniqlashgan. Hatto sayrlar sizni og‘riqdan butunlay xalos qilmasa ham uni yaxshiroq yengish imkonini beradi.

12. Suyaklarni mustahkamlaydi
Mustahkam suyak to‘qimasi suyaklarni kuchli qiladi va osteoporoz, umurtqa deformatsiyasi va tayanch-harakat apparatining boshqa muammolarini bartaraf etishda yordam beradi. Yurish – suyaklarni mustahkamlash usullaridan biri.

13. Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi
Ko‘rish qobiliyatining yosh bilan bog‘liq muammolari erta-kechmi har bir insonning boshiga tushadi. Biroq muntazam aerobika mashqlari, jumladan, yurish ham ko‘zlarni uzoq vaqt davomida sog‘lom holda saqlashga yordam beradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, muntazam sayr qilgan kishilar to‘r pardaning degeneratsiyasi va yosh o‘tishi bilan ko‘rish qobiliyatining yo‘qotilishidan kamroq aziyat chekishgan.

14. Vaqtni yaqinlar bilan o‘tkazish imkonini beradi
Yolg‘iz yurishning ko‘plab afzalliklari mavjud. Biroq ko‘pchilik bo‘lib sayr qilish ancha qiziqarli. U kompyuter va televizor kabi chalg‘ituvchi omillarni istisno qilib, do‘stlar va oila a’zolari bilan muloqot qilish imkonini yaratadi.

15. Kasalliklarning oldini oladi
Jismoniy faollik saraton, diabet, yurak va o‘pka kasalliklarining oldini oluvchi sehrli xapdori deb ataladi. Haqiqiy dorilardan farqli ravishda sayrning qo‘shimcha ta’siri yo‘q, uni olish uchun retsept ham shart emas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 121
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 292
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 146
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 332
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 225
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 289
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 50
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 37
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 63
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 218
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 42
  • Bo‘limlar