“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 01:30
ЎЗO‘Z

Farzandlarimiz nima uchun yolg‘on gapiradi?

15 iyun, 08:50 5 032 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farzandlarimiz nima uchun yolg‘on gapiradi? Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Doimo rost gapiring. Zero, rostgo‘ylik yaxshilikka olib boradi. Yaxshilik esa jannatga yetaklaydi. Yaxshilik esa jannatga yetaklaydi. Kishi rost gapirishda bardavom bo‘laversa, Allohning huzurida u “siddiq” (faqat rost so‘zlovchi) deb yoziladi.Yolg‘onchilikdan saqlaning. Chunki yolg‘on buzuqlikka yetaklaydi. Buzuqlik do‘zaxga olib boradi. Kishi davomli yolg‘on gapiraversa, Allohning huzurida u “kazzob” (yolg‘onchi) deb yozib qo‘yiladi”, dedilar”.
Imom Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati.


Rostgo‘ylik – musulmon kishi uchun naqadar muhim ekanini bilamiz. Shuning uchun ham farzandlarimizning yolg‘on gapirishi bizni xavotirga soladi.

Bolalarning yolg‘onini tuzatish uchun birinchi navbatda, ularni nima maqsadda yoki nima sababli yolg‘on gapirayotganini tushunib olishimiz kerak. Bu tushunchalar, kichkina bolalarimizning yolg‘on gapirishi oldini olishimiz uchun ham yordam beradi, insha Alloh.

1. Bolalar yolg‘onining eng asosiy sabablaridan biri – ota-onaning yolg‘onga jiddiy qaramasligidir. Bolalarimiz oldimizda ekanligida boshqalarga “Meni uyda yo‘q deb qo‘y”, “Hozir mazam bo‘lmayapti, uzr, borolmayman!”,”Men yo‘ldaman” deyishimiz yoki “Meni umuman pulim yo‘q, g‘alva qilma!” kabi o‘zimiz uchun ahamiyatsiz tuyulgan yolg‘onlarimiz bilan bolalar miyasiga asta sekinlik bilan yolg‘on gapirish oddiy hol ekanligini “singdirib boramiz“!

2. Bolalar qo‘rqqani uchun. Juda ham qattiqqo‘l ota-onalar farzandlari jazolanmaslik uchun, bilib yoki bilmasdan qilgan ayblarini yolg‘on bilan yashiradi.

3. Ba’zida esa ota-onasining hafsalasini pir qilmaslik uchun. Agar ota-onaning boladan kutgani juda ko‘p bo‘lsa, lekin bola ular xohlagancha qobiliyatli bo‘lmasa, ota onasini xafa qilmaslik uchun baholari, bo‘lgan voqealar haqida ota-onasiga yolg‘on gapirishga majbur bo‘ladi.

4. Do‘stini himoya qilish uchun. Bu, ayniqsa o‘g‘il bolalar orasida ko‘p tarqalgan sindrom. Bolalar bir-birlarini himoya qilish uchun haqiqatni yashiradi.

5. Maqtanish uchun. Bunday yolg‘on kichkina bolalar o‘rtasida ko‘proq bo‘ladi. Ular do‘stlari orasida obro‘ topish uchun shunday qilishadi. Bunday yolg‘onlar odatda boylik va kuch haqida bo‘ladi. “Mening dadamni 2 ta mashinasi bor!” “Mening dadam juda kuchli!” kabi.

6. Maqsadlariga tezroq erishish uchun. Masalan, “Ovqatingni yeb bo‘lsang, senga shirinlik beraman”, yoki “Darsingni qilib bo‘lsang, o‘ynagani chiqishing mumkin”, degan shartlar qo‘yganimizda bolalar tezroq shirinlik yeyish yoki o‘ynagani chiqish uchun bizni aldashga harakat qilishadi.

Yana shuni eslatib o‘tish kerakki, bola 4-5 yoshidan boshlab tushunib yolg‘on gapiradi, undan avvalgisi, shunchaki kimlargadir taqlid bo‘lishi mumkin.

Yolg‘on bilan qanday kurashish kerakligi yoki uni oldini olish haqida, insha Alloh ertaga gaplashamiz. Hozircha esa, eslab qolishimiz kerak bo‘lgan asosiy qoida: “Bolalar yolg‘on gapirganda – jahl bilan, agressiv harakat qilishga shoshilmang, avvalo yolg‘onning sabablarini aniqlashga harakat qilib ko‘ring”.

"Muslima ona kundaligi" telegramm kanalidan olindi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 118
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 284
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 139
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 330
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 221
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 284
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 0
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 0
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 0
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 4
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 12
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 11
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 9
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 90
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 18
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 78
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 57
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 53
  • Bo‘limlar