“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:18
ЎЗO‘Z

Tushkunlikka qarshi kurashuvchi eng foydali mahsulotlar

08 iyun, 09:10 4 426 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tushkunlikka qarshi kurashuvchi eng foydali mahsulotlar Ba’zan hayotda hech narsadan xursand bo‘la olmay qolamiz. Asabiylashish, xafagarchilik, tushkunlik doimiy hamrohga aylanadi. Bunday sharoitda tabiiy antidepressant mahsulotlar yordamga keladi. Bunday mahsulotlar organizmda baxt garmoni deb ataluvchi serotonin va noripinefrin miqdorini oshiradi.

Ana shunday kayfiyatni ko‘taruvchi mahsulotlardan biri shokoladdir. Uning xushbo‘y hidi g‘azablanishni kamaytirib, tarkibidagi feniletilamin baxt gormoni — endorfin ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi.

Organizmdagi stressga qarshi kurashishda bodom ham yordam beradi. Tarkibidagi magniy tufayli asab tizimi har qanday ruhiy zo‘riqishga qarshi tura oladi. Shuningdek, undagi Ye vitamini stressni yuzaga keltiruvchi erkin radikallarni neytrallashtiradi, B2 vitamini esa serotonin ishlab chiqarilishiga turtki bo‘ladi.

Dengiz mahsulotlari vitaminlarga boy bo‘lib, tarkibidagi oqsil, fosfor va sink antidepressant samaraga ega. Losos balig‘i omega-3 yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, organizmni stressdan xalos etishga yordam beradi.

Brokolli butun organizmni tozalash, toksin va kanserogenlarni neytrallashtirib, gormonal balansni tiklaydi, stress vaziyatlarda tinchlanishga yordam beradi.

Bizni yoshlikdan sut ichishga majburlashadi va to‘g‘ri qilishadi! Har kuni sut ichish nafaqat tish va suyaklarni kalsiy bilan ta’minlaydi, balki stress garmonlari ishlab chiqarilishiga ham to‘sqinlik qiladi.

Shuningdek, doim yaxshi kayfiyatda bo‘lish uchun ko‘proq banan iste’mol qiling. Banan tarkibidagi uch xil tabiiy shakar: saxaroza, fruktoza va glyukoza quvvatni tiklash va asab tizimini mustahkamlashga ko‘mak beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 198
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 133
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 312
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 169
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 358
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 246
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar