“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 05:28
ЎЗO‘Z

Diqqat-e’tiborni har yerda va har qachon saqlashning 7 usuli

29 мая, 16:08 2 904 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Diqqat-e’tiborni har yerda va har qachon saqlashning 7 usuli Hozirning o‘zida diqqat-e’tiboringiz qancha narsani talab etmoqda? Telefon? Elektron pochta? Messenjer? Tvitter? Bu asabga tegadigan ro‘yxat doimiy ravishda o‘sib boradigandek. Zamonaviy texnologiyalar bizga ko‘plab g‘aroyib narsalarni in’om etdi, biroq doimiy ravishda o‘ziga e’tibor talab etishi ularning qo‘shimcha ta’siridan biri hisoblanadi.

O‘ylab ko‘ring: ofis xodimi o‘rtacha har uch daqiqada chalg‘iydi, fikrini yana bir yerga jamlash uchun unga 25 daqiqaga yaqin vaqt kerak bo‘ladi.

Miyangiz qaysi narsaga e’tibor berish kerakligini qanday tanlaydi?
Miyangiz doimiy ravishda ishlaydi, axborotni qabul qiladi, demak u e’tibor qaratish va chetga surib turish mumkin bo‘lgan narsani doimiy ravishda tanlashi kerak.

Neyroolimlar uni «tanlovchi e’tibor» deb ataydilar, u yana ikki shaklda bo‘ladi:

Yuqoridan pastga (ongli e’tibor)
Diqqat-e’tiborning bu turi maqsadga yo‘nalgan. U ancha keng holat uchun mas’ul bo‘lib, ayrim xulosalarga kelish uchun sizning avvalgi tajribalaringizni qo‘llaydi. U imtihonga tayyorlanayotganingizda yoki murakkab muammoni yechishga harakat qilayotganingizda paydo bo‘ladi.

Pastdan tepaga
Yoningizda nimadir sodir bo‘lganida yoki biror narsa e’tiboringizni jalb etganida ana shu diqqat-e’tibor hukmi ostida bo‘lasiz. Siz sodir bo‘lgan narsani avtomatik tarzda o‘chirib tashlaysiz. Kuchli shovqinni eshitganda, telefon jiringlaganida ana shu holat yuz beradi.

Muammo nimada?
Miyamiz diqqat-e’tiborning qaysi turini tanlashini nazorat qila olmaymiz. «Yuqoridan pastga» rejimida qolishni istashimizga qaramay, «Pastdan tepaga» rejimi ishga tushishi mumkin.

Shovqin va kutilmagan harakatlar xavf sifatida taassurot uyg‘otadi. Miyangiz xavf siz o‘qiyotgan kitob va yozayotgan xabaringizdan muhimroq deb hisoblaydi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iroda va diqqat-e’tibor – yakuniy resurslar. Qancha ko‘p chalg‘isangiz, ishga qaytish shuncha mushkul bo‘ladi. Biroq ilm-fan diqqat-e’tiborni ortga tez va samarali qaytarishning bir necha usullarini ko‘rsatmoqda.

1. Miyaning tabiiy sur’atlarida ishlang
Sezgan bo‘lsangiz kerak, kunning turli qismida e’tiborni jamlash qobiliyati turlicha bo‘ladi. Ko‘pchilik uchun soat 12 dan 16 ga qadar diqqatni jamlash qobiliyati eng kam ko‘rsatkichda bo‘ladi.

Miyangiz og‘ir aqliy faoliyat bilan soat 10.00 dan keyin samarali shug‘ullanadi. Bu vaqtda miya to‘liq uyg‘ongan, to‘yintirilgan va kamchiliklarsiz ishlaydi.

2. Aqlingizni diqqat-e’tiborni saqlaganligi uchun mukofotlang
Miyangiz shaxsiy tajribadan saboq oladi. Bu kun davomida buzg‘unchi ishlarni qancha ko‘p bajarsangiz, (masalan, elektron pochta va Twitter’ni kuniga ming marta tekshiradi) ular bilan shug‘ullanishingiz shuncha oson bo‘ladi. Buni bas qilish kerak.

Buning o‘rniga miyani e’tiborni saqlash, yomon odatlarga odatlanmaslikka o‘rgatish kerak. Har safar keraksiz ishlarga chalg‘iyotganingizni sezsangiz, darhol to‘xtang. Miya chalg‘ishi qancha qiyin bo‘lsa, u diqqat-e’tiborni uzoq vaqt davomida saqlay oladi.

3. Tanaffus qiling (haqiqiy tanaffus)
Hayotimizning katta qismi ko‘proq axborot olish atrofida aylansa ham barini tez bajarish istagi bizni eng yaxshi xodimlarga aylantirmaydi.
Diqqat-e’tiborni yaxshilash uchun tashqi omillardan erkin bo‘lgan joy toping. Bunday joyni topa olmasangiz, internetga chalg‘imaslikda yordam beradigan ilovalarni yuklab olishingiz mumkin.

4. Ko‘p vazifalilik haqida unuting
Ko‘p vazifalilik noto‘g‘ri izohlanadi. Bu atama biz o‘ylagan narsani anglatmaydi. Miyamiz bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq narsaga e’tibor bera olmaydi. Ko‘p vazifalilik bir ishdan boshqasiga juda tez o‘tishni anglatadi. Qancha tez o‘tsak, shuncha ko‘p quvvat sarflaymiz.

Ahamiyati jihatidan vazifalar ro‘yxatini tuzing. Iloji boricha, unga amal qiling. Bir vaqtning o‘zida bajaradigan ishlaringiz soni qancha kam bo‘lsa, umumiy ish sifati shuncha yaxshi bo‘ladi.

5. Sizni haqiqatan ham o‘ziga jalb etadigan ish toping
Joriy vazifa e’tiboringizga loyiq ekaniga ishonmasangiz, miyangiz boshqa chalg‘ituvchi omillarni izlashni boshlaydi. U standart chizmani faollashtiradi. Miya endilikda tashqi olamga e’tibor qaratmaydi. Diqqat-e’tiborni yo‘qotganda gap nimada ekanini o‘ylab ko‘ring. Agar vazifa siz uchun jozibali bo‘lmasa, balki tabiiy quvvat (tongda) ko‘proq bo‘lganida bajararsiz.

6. Onglilikni mashq qiling
Zo‘riqish diqqat-e’tiborni o‘ldiradi. Eng yomoni aynan diqqatni jamlash kerak bo‘lganida ko‘pincha zo‘riqishga moyil bo‘lamiz.
Onglilik amaliyoti, masalan, meditatsiya bizni zo‘riqish va kuchli hislarga yengilmaslikka o‘rgatadi, hozir bajarayotgan va o‘ylayotgan narsalarimiz haqidagi xabardorlikni oshiradi.

7. Saqich chaynang
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, saqish chaynash miyaning e’tibor uchun mas’ul bo‘lgan qismlariga kislorod borishiga hissa qo‘shadi. U uzoq muddatli xotirani yaxshilab, qonga biroz insulin qo‘shadi, bu esa miyaga qo‘shimcha quvvat olishda yordam beradi.

Agar saqich mos kelmasa, yeguliklar iste’mol qiling.
Agar diqqat-e’tibor pasayayotganini sezsangiz, miyaga biroz yoqilg‘i berish uchun biror narsa iste’mol qiling.
Yodda tuting: diqqat-e’tiborni oladigan emas, uni qo‘llab-quvvatlaydigan muhitni yaratish muhim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tiniq yuz terisi va sog‘lom ichaklar garovi bo‘lgan yeguliklar 17 мая, 07:55 183
  • Qon bosimini tushiruvchi kaliyga boy mahsulot — mayizning foydali xususiyatlari 13 мая, 13:51 253
  • Doimiy ravishda konditsioner yoqilgan xonada o‘tirish qanday salbiy oqibatlarga olib keladi? 11 мая, 13:05 177
  • Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin? 11 мая, 06:00 375
  • Qarish jarayonini tezlashtirib yuboradigan 5 ta mahsulot 09 мая, 22:30 413
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 635
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 25
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 36
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 91
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 16
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 127
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 43
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 70
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 137
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 177
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 89
  • Bo‘limlar