“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 04:33
ЎЗO‘Z

Pomidor sharbati: uning foydasi nimada?

22 мая, 22:50 4 818 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pomidor sharbati: uning foydasi nimada? Pomidor – likopin manbai. Aynan shu modda unga yorqin rang beradi va kuchli antioksidant sanaladi. Qiziq, termik qayta ishlash likopin uchun foydali, uning tarkibini bir necha marta oshiradi.

Shu tariqa, pasterizatsiya qilingan pomidor sharbatidagi foydali modda yangi uzilgan pomidorlarga qaraganda bir necha marta ko‘proq.

Likopin
Tadqiqot natijalari moddalar almashinuviga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Quyidagi tadqiqot o‘tkazilgan: 30 nafar sog‘lom ayol ikki oy davomida har kuni 250 ml pomidor sharbatini iste’mol qilgan. Ovqatlanish va jismoniy faollikning boshqa jihatlari o‘zgarmay qolgan. Mutaxassislar qon ko‘rsatkichlari, vazn, tana massasi indeksi va bel aylanasini kuzatishgan. Natijalar pomidor sharbatini har kuni iste’mol qilish qon tarkibini yaxshilashi, xolesterin darajasini pasaytirishini ko‘rsatdi. Har kuni sharbat ichgan ayollar qo‘shimcha harakatlarsiz yarim kilogramm ozishgan.

Tarkibi
Likopindan tashqari pomidor sharbati tarkibida temir, kaliy, S va Ye vitaminlari yuqori miqdorda.
Quvvati –100 gramda 21 kkal.

Foydasi
- ko‘z kasalliklarida;
- avitaminoz vaqtida;
- anemiyada;
- moddalar almashinuvini tiklash uchun;
- oshqozon shirasi kislotasining kamayishida;
- uyqusizlikda.

Foto: Pixabay
Bundan tashqari, sharbat:
- suyuqlikni chiqarish, shu tariqa shishishni kamaytirish;
- venalar kengayganida foyda ko‘rsatadi;
- vaznni kamaytirish;
- oshqozon yarasida samarali ta’sir qilish;
- asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda yordam beradi.

Vaznni kamaytirish
Vaznni kamaytirish maqsadida pomidor sharbatini ovqat iste’molidan 10 daqiqa oldin ichish kerak. Bu ochlikni kamaytirib, oshqozonni to‘ldirishda yordam beradi. Shu tariqa, tushlik vaqtida kamroq ovqat iste’mol qilasiz.

Shuningdek, ovqat qabul qilish o‘rniga bir mahal sharbat ichish mumkin. Porsiyangiz hajmi o‘zgarmaydi, quvvati esa kamayadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 105
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 273
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 135
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 317
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 212
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 276
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 92
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 19
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 43
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 53
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 76
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 37
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 267
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 75
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 70
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 82
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 122
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 34
  • Bo‘limlar