“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 17:52
ЎЗO‘Z

Niyatga yarasha ajr...

09 мая, 00:53 3 792 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Niyatga yarasha ajr... Ramazon oyi boshlanishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda ro‘zadorlar uchun iftorlik-saharlik aksiyalari, xayr-saxovat ishlari haqida o‘qiy boshladik. Bir guruh savob umididagi yurtdoshlarimiz ehtiyojmand, saharlik va iftorlik qilish uchun imkoni bo‘lmagan kishilarga taomlar yetkazib berishni yo‘lga qo‘yganlari haqida o‘qigandik. Bu xabardan mamnun bo‘lib, sahifalarimizda boshqa foydalanuvchilar uchun ham manfaatli bo‘lsin degan umidda bo‘lishdik.

Ramazonning ilk kunlari saxovatpesha insonlar saharlik va iftorlik xizmati uchun buyurtma berganlarning aksariyati o‘ziga to‘q, muruvvatga ehtiyoji bo‘lmagan kishilar ekanligi, faqat birgina ayol kasalxonada betob eriga qarayotganini istihola bilan aytib saharlikka buyurtma berganini eshitib hayratdan o‘zimizga kelolmadik. Maqolani tayyorlash jarayonida saxovatli yigitlar bilan bog‘lanishga harakat qildik.

– Shunday bo‘ldi,- dedi ism-nasabini oshkor qilmasligimizni so‘ragan inson. – Lekin yo‘lga tushirib oldik, Allohga shukr. Biz savob umidida bu ishga kirishganmiz, hamma narsasi risoladagidek bo‘la turib, o‘zini muhtojlar o‘rniga qo‘yib yordam tilanganlarni ham, bizni ham Alloh ko‘rib turibdi,O‘zi qaysi bandasiga ajr,qaysi bandasiga gunoh yozishni biladi.

Muborak kunlarda “Korzinka.uz” tarmoqli do‘konlarida yo‘lga qo‘yilgan saxovat aksiyalari barcha musulmonlarni mamnun etdi. Bu do‘konlarda ro‘zadorlar uchun iftorlik dasturxonlari tashkil qilish bilan birga, bir quti Ramazon xurmosi xarid qilgan xaridorga bir litr “Nestle” ichimlik suvi sovg‘a qilinyapti. Ro‘zadorlarga, Ramazonga bo‘lgan hurmat va muhabbatni boshqa do‘kon sohiblari va sotuvchilar “Korzinka.uz”chilardan o‘rgansalar, bo‘lar edi...

“Mazasini tatib ko‘ring...”

Bozorlarimizdagi yana bir holat ko‘ngilni xira qiladi: Ramazon kunlari xarid qilmoqchi bo‘lgan mahsulotning narxini so‘raganda “Mana, yeb ko‘ring, juda mazali, ta’mini tating,” deguvchilar “Ramazon hurmati” degan ibora ma’nisini mulohaza qilsalar bo‘lardi. Ramazon oyida hatto “Ro‘za bo‘lmasangiz yeb ko‘ring!” deyish ham joiz emas. Chunki, bu oyda ro‘za farz qilingan! Demak, o‘zini musulmon hisoblagan inson ro‘za tutishi kerak. Bizningcha, buni anglash uchun odam olim yoxud avliyo bo‘lishi shart emas.

Nima demoqchi edik?

“Chaqani chaqaga qo‘shib hisobladim, bir chaqa ekan dunyo qiymati”, degan ekan donishlardan biri. (Alloh nazdida pashshaning qanotichalik qiymati yo‘q bu dunyoning...) Bir chaqaga arzimas dunyo deb, boqiy saodatdan mahrum bo‘lishlik gumrohlikdir. Mo‘minlar mudom yaxshilikda ibrat bo‘lishga intilganlar. Biz haqimizda “sotuvchi” yoki “odam” deb emas, MUSULMON degan nisbat bilan gapiradilar. O‘rni kelganda bir o‘zimiz butun musulmonlar qiyofasini aks ettiramiz. Shunday ekan, amalimiz ham musulmonga xos bo‘lsinki, boshqa din vakillari go‘zal dinimiz Islomni va biz musulmonlarni hurmat bilan e’tirof qilsinlar. Bizga havas qilsinlar, bizdan o‘rgansinlar, bizga intilsinlar...

Ma’lumot uchun:
Go‘sht: (bir kilogramm) 47- 50 ming so‘m.
Tuxum: (donasi) 450-650 so‘m.
Uy tuxumi: (donasi) 800-1000 so‘m
Ko‘katlar: (bog‘i) 500 so‘m
Novvot: (bir kilogramm) 10 ming so‘m
Qulupnay: (bir kilogramm) 6 mingdan boshlangan, 15 minggacha bor.
Bodiring: (bir kilogram) 2 mingdan boshlangan, 5 minggacha bor.
Pomidor (bir kilogrami) 13-16 ming.
Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 223
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 136
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 332
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 177
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 372
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 257
  • So'nggi yangiliklar
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 0
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 1
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 86
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Bo‘limlar