“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:48
ЎЗO‘Z

Kimlar banan yeyishi mumkin emasligini bilasizmi?

19 apr, 16:30 5 261 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kimlar banan yeyishi mumkin emasligini bilasizmi? Banan – barchaga tanish, ekzotik meva. U o‘zining ajoyib totli ta’mi, kremsimon xususiyati bilan ajralib turadi. Uning mevasi ko‘pincha foydali desert tariqasida dasturxonga tortiladi. Uning asosida smuzi, tort va pishiriqlar uchun qiyomlar tayyorlanadi.

Banan nafaqat ta’mi, balki foydali jihatlari bilan ham mashhur. Meva tarkibida kaliy, fosfor va temir, shuningdek, V guruhi vitaminlari mavjud. Bananning tarkibi va xususiyatlari shishlar, apatiya va uyqusizlikdan aziyat chekayotganlar uchun foydali.

Bundan tashqari quyidagi holatlarda ham banan iste’mol etish tavsiya qilinadi:
- yuqori qon bosimi;
- astma;
- yurak qon-tomir kasalliklari;
- xotiraning yomonlashuvi.

Yuqorida sanab o‘tilgan foydali xususiyatlariga qaramay, meva barcha uchun birdek foydali emas.
Bananni haddan ziyod iste’mol qilish (kuniga 5 donadan ortiq) bosh og‘rig‘i va uyquchanlik sababiga aylanishi mumkin.

Buyrak faoliyati buzilgan kishilarga ham tavsiya etilmaydi. Meva organizmdan suyuqlik chiqishiga hissa qo‘shadi.

Tromboflebitga ega kishilar uchun ham banan man etiladi. Suyuqlik faol tarzda chiqarilgani uchun qon quyuqlashadi. Qon quyulishi yuqori bo‘lgan kishilar ushbu mevani kundalik ratsiondan chiqarishlari lozim.

Ichaklardagi buzilishlar. Banan uzoq vaqt davomida hazm bo‘lish xususiyatiga ega. Hazm qilishning istalgan turida meva salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, banan jig‘ildon qaynashiga olib kelishi mumkin.

Qandli diabet – banan iste’mol qilmaslik uchun yana bir sabab. Meva qondagi glyukoza miqdorini darhol oshiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 190
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 309
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 162
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 353
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 244
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar