“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 16:06
ЎЗO‘Z

Ishchanlikni susaytiruvchi va oshiruvchi mahsulotlar maʼlum qilindi

26 mar, 09:44 4 075 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ishchanlikni susaytiruvchi va oshiruvchi mahsulotlar maʼlum qilindi Sogʻlom ovqatlanish klinikasi bosh shifokori, diyetolog-shifokor Marina Kopitko insonning ishchanligini susaytiruvchi va oshiruvchi mahsulotlarni maʼlum qildi.

Diyetologning taʼkidlashicha, ishchanlikning susayishiga bugʻdoyning qattiq navidan tayyorlangan makaron, oq non, pishiriq, kartofel pyuresi va paketlangan sharbatlar taʼsir qiladi.

Qahvaga ham eʼtibor qaratish kerak: bu ichimlik dastlab odamni tetiklashtiradi, biroq keyin teskari effekt beradi. Diyetolog, shuningdek, gazli va energetik ichimliklar ichishni tavsiya qilmagan.

Ishchanlik va kayfiyatni koʻtarish uchun yogʻli baliq, baliq jigari, sariyogʻ va tuxum sarigʻida mavjud boʻlgan D vitaminli mahsulotlarni isteʼmol qilish lozim. Shuningdek, yogʻli baliq, yongʻoq va minimal tarzda texnologik qayta ishlangan yoki umuman ishlanmagan yormalarda, misol uchun, qattiq guruch, grechka kabilarda topish mumkin boʻlgan omega-3 kislotasi ham foydalidir.

Ishchanlikni banan ham koʻtarishi mumkin, unda tabiiy shakar bor. Uning tarkibiga quvonch gormoniga oʻxshash triptofan moddasi kiradi, biroq qand kasaliga ega yoki bu kasallikka moyil odamlar banan isteʼmol qilmasliklari kerak. Ishchanlikni oshirish uchun yashil smuzi (olma, ismaloq va kashnich) ham foydali hisoblanadi. Qora, koʻk yoki turli giyohlardan tayyorlangan choy ham tetiklashishda yordam beradi.

Diyetolog shirinliklarni xush koʻruvchilarga tortlarni kamroq agressiv boʻlgan mahsulotlarga almashtirishni tavsiya qilgan. Bu maqsadda kakao miqdori 75 foizdan kam boʻlmagan shokolad, marmelad yoki pastila isteʼmol qilish toʻgʻri keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 98
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 263
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 132
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 310
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 210
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 271
  • So'nggi yangiliklar
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 14
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 12
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 51
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 22
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 64
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 60
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 32
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 66
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 213
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 124
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 43
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 34
  • Bo‘limlar