“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 02:00
ЎЗO‘Z

Ommabop mahsulotlarning jiddiy xavfi isbotlandi

21 mar, 22:35 4 962 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ommabop mahsulotlarning jiddiy xavfi isbotlandi Garvard universiteti olimlari yuz mingdan ziyod kishini qamrab olgan keng miqyosli tadqiqot oʻtkazdilar va tarkibida shakar boʻlgan ichimliklarni isteʼmol qilish yurak-qon tomir kasalliklari hamda saratondan oʻlim holati xavfini oshirishini isbotladilar. Shu bilan birga, bir kunda shakar oʻrnini bosadigan moddaga ega ichimlikni toʻrt stakan yoki undan koʻproq isteʼmol qilish ayollarda oʻlim xavfi darajasini oshiradi. Bu haqda MedicalXpressʻga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Mutaxassislar 1980-2014 yillarda 80 647 ayol va 1986-2014 yillarda 37 716 erkak kishi ishtirokida olingan maʼlumotlarni tahlil qilishdi. Koʻngillilar oʻz turmush tarzini baholash uchun soʻrovdan oʻtishdi, ularning salomatligi holati esa har ikki yilda aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, tarkibida shakar mavjud boʻlgan ichimliklarni bir oyda bir donadan toʻrt donagacha isteʼmol qilish erta oʻlim xavfini 1 foizga, haftada ikki donadan olti donagacha - 6 foizga, kuniga bir donadan ikki donagacha - 14 foizga, kuniga ikki dona yoki undan koʻproq ichish - 21 foizga oshiradi. Shu bilan birga, ichimliklar va oʻlim koʻrsatkichlari oʻrtasidagi bogʻliqlik ayollarda erkaklarga qaraganda koʻproq namoyon boʻlgan.

Erta oʻlimning asosiy sababi yurak-qon tomir kasalliklari boʻlib chiqdi. Shirin ichimliklarni koʻp isteʼmol qilganlarda bunday yakunning yuzaga kelish ehtimoli 31 foizni tashkil etdi. Har bir qoʻshimcha ichimlik xavfni yana 10 foizga oshirgan. Tarkibida shakar boʻlgan ichimliklarni shakar oʻrnini bosuvchi moddalarga ega ichimliklarga almashtirish oʻlim xavfini sezilarli darajada qisqartirgan, ammo ularning haddan ortiq isteʼmoli (kuniga toʻrt marta) hayot davomiyligining pasayishiga ham olib kelgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 212
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 135
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 325
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 176
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 367
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 253
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar