“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 23:29
ЎЗO‘Z

“Otajon, bir soat vaqtingiz necha pul?”

20 mar, 06:34 5 335 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Otajon, bir soat vaqtingiz necha pul?” Ota ishdan odatdagidek kech qaytdi. Juda charchagan edi. Kichik oʻgʻli uni ostonada kutib turgan ekan. Oʻgʻil:
“Otajon, sizdan bir narsa soʻrasam maylimi?” dedi.
“Marhamat” dedi otasi.

“Otajon, bir soatda necha pul topasiz?” deb soʻradi oʻgʻil. Otasining achchigʻi kelib,
“Buni senga aloqasi yoʻq. Senga nima boʻldi? Nega bunaqa bemaʼni savol beryapsan?!” dedi. Oʻgʻil:

“Otajon, men faqat shuni bilmoqchiman. Iltimos, ayting. Bir soatda qancha pul topasiz?” dedi. Ota oʻgʻlining oyoq tirab turib olganini koʻrib,
“Juda bilging kelayotgan boʻlsa, mayli, aytaman. Bir soatda ikki dinor topaman” dedi. Bu javobni eshitgan oʻgʻil biroz oʻylanib turdi-da, keyin:
“Otajon, agar mumkin boʻlsa, menga bir dinor qarz berib turing” dedi. Otaning gʻazabi toshib,

“Mendan pul olib, arzimas narsalarga ishlatish uchun bir soatda qancha pul topishimni soʻraganmiding?! Bor xonangga, uxla! Men kun boʻyi charchaganman. Ishxonada asablarim toliqqan. Sen bilan maydalashib oʻtirgani vaqtim yoʻq” dedi.

Bola indamadi, koʻzlaridan yosh oqdi, asta xonasiga kirib ketdi. Oradan taxminan bir soat oʻtgach, ota boʻlib oʻtgan hodisa, oʻgʻliga qoʻpol muomala qilgani haqida oʻyladi. “Ehtimol, bolamning bir dinorga ehtiyoji bordir” degan gap xayoliga keldi. Keyin uning xonasiga bordi. Kirib,

“Uxlayapsanmi?” dedi.
Bola: “Yoʻq, uxlamayapman. Haliyam uygʻoqman” deya javob berdi.

Ota asta gap boshladi: “Boya senga qoʻpol muomala qildim. Bugun juda ogʻir va mashaqqatli ish kuni boʻlgan edi. Mana, ol, bu boya sen soʻragan bir dinor”.
Bolakay pulni olar ekan rosa quvondi. Yostigʻi ostidagi bir dinorni oldida, qoʻlidagi bir dinorga qoʻshdi. Buni koʻrgan ota gʻazab otiga minib,

“Oʻzingda bir dinor bor ekan-ku, nega yana mendan pul soʻrading?” dedi. Shunda murgʻakkina bolakay sokin ovozda:
“Boya pulim yetmas edi. Endi pullarim ikki dinorga aylandi. Bizga vaqt ajratib, biz bilan suhbat qilishingiz, yonimizda boʻlishingiz uchun men shu ikki dinorga sizning bir soat vaqtingizni sotib olmoqchiman” dedi.

Azizlar, hikmatli va toʻgʻri soʻz qayerdan kelsa ham, uni darhol qabul qiling! Baʼzida bunday soʻzlar umringizda faqat bir martagina koʻradigan odamingizdan, baʼzida esa yaqinlaringizdan keladi.

Hurmatli otalar! Farzandlaringiz va ahlu ayolingizga vaqt ajrating! Ularni eʼtiborsiz qoldirmang! Unutmang, ularning qalblarida sizga aytadigan koʻp gaplari bor.

Manba: muslim.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 212
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 135
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 323
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 175
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 366
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 253
  • So'nggi yangiliklar
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 0
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 0
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 1
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 8
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 17
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 32
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 35
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 154
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 43
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 135
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 141
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 29
  • Bo‘limlar