“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 07:01
ЎЗO‘Z

Xotira daftaridagi bitiklar

13 mar, 18:48 4 959 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xotira daftaridagi bitiklar Yoshi saksonga borib qolgan Hilmi ota oʻtgan yili kampiridan ayrilib, oʻgʻliyu keliniga ortiqcha yuk boʻlib qoldi. Ovqatlanganida, dasturxonni toʻkar, tomorqada ishlasa tuproq ust-boshi bilan ichkariga kirar, uyda oʻtirgan joyida qumlar toʻkilardi. Sema kelin bunday paytlarda gʻazabdan oʻzini qoʻyarga joy topolmas, eri uyda boʻlmagan kezlari qaynotasiga zugʻum qilar, baqirib, siltab-jerkib ozor berardi.

Kelinining qoʻpolligidan dili ogʻrisa-da, otaxon bir soʻz demasdi. Sema dardisar deb qaragan qaynotasining keksalarga xos qiliqlaridan malollanib bir kuni eriga:
– Yo shu uyda otangiz yashaydi yoki men, - deya gʻazabini sochdi.

Bu gapni bogʻda gullarni sugʻorayotgan Hilmi ota eshitdi. Koʻngli ogʻridi. Oʻsha kundan boshlab ovqatlanayotganida dasturxonga toʻkmaslikka urinar, ammo keksalik tufayli qoʻllari qaltiraydigan qariya buni uddalay olmasdi. Yana bir janjaldan keyin oʻgʻil bilan kelin otani keksalar uyiga topshirib yuborishga qaror qildi. Hilmi ota koʻz yoshlar bilan oʻsha oqshom narsalarini toʻplab, eski jomadonga joylashtirdi.

Tongda uydan chiqayotib, eski sandiqdan xotira daftarini olib, oʻgʻli va kelinidan besh daqiqa uni eshitishlarini oʻtindi. Otaxon titroq ovozi bilan xotiradagi bitikni oʻqishga urindi.
- “1985 yil, 18 mart. Kichik oʻgʻlimiz Najotiy otash ichida yonyapti. Onasi Olmos bilan bu tun koʻz yoshlarga gʻarq boʻlib tong ottirdik”.

- “25 mart. Deraza oynasining sinigʻi bolamning qoʻlini kesgandi, shisha parchasi yuragimga botganday boʻldi. Jonimning parchasi, jonim bolamning joni ogʻrimasin! Senga kelgan dardu iztirob menga kelsin, bolam”.

- “28 mart. Oʻgʻlimiz ovqatini oʻzi yeyishga harakat qilyapti. Ovqat yeyotganda ushoqlarni har yonga sochib, dasturxonni kir qildi. Uning qiliqchalari gʻashimizga tegmaydi, aksincha onasi bilan yayraymiz.”

- “4 aprel. Oʻgʻlimiz betob boʻlib qoldi. Yana onasi bilan tunlari bedormiz. Ey Alloh, oʻgʻlimizga shifo ber!..”

Hilmi ota xotira daftaridagi qaydlarni oʻqir ekan, oʻgʻli Najotiy boshini quyi solib xoʻrsinar, koʻzidan toʻkilayotgan tomchi yoshlardan oʻzini toʻxtata olmasdi. Uyatdan farzandi oldida yuzini bekitishga urinar, oʻzini keksa otasi bagʻriga otgisi kelar, ammo uning uchun oʻzida kuch topa olmasdi...
Suat Oʻzge
Turk tilidan Umida ADIZOVA tarjimasi

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 84
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 231
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 141
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 341
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 181
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 380
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 1
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 2
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 1
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 36
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 21
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 171
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 73
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 197
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Bo‘limlar