“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 13:20
ЎЗO‘Z

Olimlar semizlikning kutilmagan foydasini maʼlum qilishdi

07 mar, 06:30 5 506 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar semizlikning kutilmagan foydasini maʼlum qilishdi Ortiqcha vazn insonga favqulodda holatlarda yordam berishi mumkin. Amerika nevrologiya akademiyasi olimlarining maʼlum qilishicha, ortiqcha vazn diabet va yurak-qon tomirlari xastaliklarini keltirib chiqarish xavfini tugʻdirishiga qaramasdan, u insultdan soʻng insonni erta oʻlimdan himoyalashi mumkin.

“Shifokorlar ortiqcha vazn ogʻir buyrak va yurak xastaliklarini boshdan kechirgan insonlarning yashab ketish ehtimolini oshirishiga eʼtibor qaratishdi. Biz semirish va insult oʻrtasida aloqa bor-yoʻqligini tekshirishga qaror qildik”, - dedi Amerika nevrologiya akademiyasi olimi Szolu Lyu.

Olimlar miyasiga kuchli qon quyilishi kuzatilgan minglab keksa bemorlarni uch oy davomida kuzatib borishdi. Maʼlum boʻlishicha, ortiqcha vaznga ega bemorlar oʻrtasida insultdan oʻlim holati vazni meʼyordagi bemorlarga nisbatan 62 foiz kamroq kuzatilgan.

Olimlarning fikriga koʻra, ortiqcha vaznga ega boʻlgan kishilarda oziq moddalari zaxirasi koʻproq boʻladi, shuning uchun organizm uchun favqulodda holatda yashab ketishiga yordam beradi.

Mutaxassislar ushbu fakt ilmiy jihatdan isbot topishi uchun yana koʻproq izlanishlar olib borgandan soʻng tana vazni va miyaga qon quyilishi oʻrtasida qanday bogʻliq borligi haqidagi xulosaga kelish mumkinligini taʼkidlashdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 0
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 114
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 235
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 142
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 1
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 1
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 11
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 15
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 62
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 57
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 23
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 24
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Bo‘limlar