“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 04:30
ЎЗO‘Z

Vizual bolani qanday tarbiyalash kerak?

05 mar, 23:48 6 029 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vizual bolani qanday tarbiyalash kerak? Hamma bolalar isteʼdodli boʻlib tugʻiladi va yangi narsalarni oʻrganishni yaxshi koʻradi. Kichkintoy toʻgʻri rivojlanishi, yangi bilimlarni oʻzlashtirishi va maktabda yaxshi oʻqishi uchun unga toʻgʻri yondashish kerak.

Dunyo haqidagi bilimlarni inson sezgi organlari yordamida oladi – koʻradi, eshitadi, his qiladi. Ehtimol sizga maʼlumdir, odamlar uch xil boʻladi: vizual (koʻz orqali idrok qilish qobiliyati rivojlangan), audial (eshitish orqali idrok qilish qobiliyati rivojlangan), kinestetik (ushlab koʻrib idrok qilish qobiliyati rivojlangan). Har birimizda bularning uchalasi ham boʻladi, ammo faqat bittasi yetakchi hisoblanadi.

Farzandingiz bilan samarali ishlash uchun u ushbu uch toifadan qaysiga mansubligini bilib olishingiz kerak.

Vizualni qanday aniqlash mumkin?

Axborotni vizualga qanday yetkazish mumkin?
Albatta rasmlar yordamida. Masalan, bolaga shirinliklar tishni zararlaydi, shuning uchun ertalablari tishni yaxshilab yuvish kerak deyishingiz mumkin. Lekin unga shirinliklar tufayli qurt yeb qoʻygan tishlarni koʻrsatmaguningizcha u aytganlaringizni jiddiy qabul qilmaydi.

Bola bilan uning “tilida” gaplashishingiz kerak. Masalan, uning qiliqlaridan noroziligingizni barmogʻingizni nuqib yoki boshingizni chayqab bildiring.

Bola bilan gaplashganda predmetning tashqi belgilarini, uning qanday joylashganini tavsiflovchi soʻzlarni ishlating.
Bola yaxshi oʻqib-oʻrganishi uchun jadvallar va boshqa koʻrgazmali qurollardan foydalaning, matndagi eng muhim joylarni boʻyab qoʻying.

Darsda yoki uyga berilgan vazifani bajarayotganda vizual bola rasm, chizma, sxemalarni chiza olishi uchun uning oldida doim bir varaq qogʻoz turishi kerak, bu unga materialni yaxshiroq oʻzlashtirishga yordam beradi.

Aytganday, vaqt oʻtishi bilan idrok qilish tarzi oʻzgarishi mumkin. Maktabga borguncha bolalar dunyoni asosan ushlab koʻrish orqali idrok qiladi, yaʼni kinestetik boʻladi. Ulgʻaygachgina vizual va audialga aylanadilar.

Manba: minbar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tiniq yuz terisi va sog‘lom ichaklar garovi bo‘lgan yeguliklar 17 мая, 07:55 227
  • Qon bosimini tushiruvchi kaliyga boy mahsulot — mayizning foydali xususiyatlari 13 мая, 13:51 271
  • Doimiy ravishda konditsioner yoqilgan xonada o‘tirish qanday salbiy oqibatlarga olib keladi? 11 мая, 13:05 185
  • Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin? 11 мая, 06:00 398
  • Qarish jarayonini tezlashtirib yuboradigan 5 ta mahsulot 09 мая, 22:30 441
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 666
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 64
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 19
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 18
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 20
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 119
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 77
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 48
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 46
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 27
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 350
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 92
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 112
  • Bo‘limlar