“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 11:28
ЎЗO‘Z

Munajjimlar bashorati: 26 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

26 fev, 00:26 7 609 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Munajjimlar bashorati: 26 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda? QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugungi kuningiz janjallarga moyil kechishi kutilmoqda. Asosan yaqinlaringiz bilan munosabatlarda ehtiyot bo‘ling. Aks holda ular bilan orangizga sovuqchilik tushishi mumkin. Agressivlik va rashkchilikdan tiyiling. Agar qalbingizni shubha-gumonlar tark eta qolmasa, buni sevimli xobbingiz bilan mashg‘ul bo‘lish orqali bartaraf eting. Oilangizda dam olishingiz uchun barcha shart-sharoitlar yetarli bo‘ladi. Faqat janjal qilmasangiz bas. Asabni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
26 fevralda har bir voqea-hodisaga, buyum, jihozlarga real nazar bilan boqing. Qisqa vaqt davom etuvchi shayton vasvasasiga erk bermang. Bu sizni ko‘ngilsizlikka olib boradi xolos. Oila qurmagan bo‘lsangiz, xarakteringizdagi minus jihatlarga qarshi shafqatsizlarcha kurashing. Toki ular bo‘lg‘usi juftingizni sizdan sovitib qo‘ymasin. Kun davomida ishxonangizdagi rahbarlardan ish sifati yaxshi bo‘lmasligi sababli ogohlantirish olishingiz mumkin.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Agressiv, prinsipial odamlar bilan o‘rtadagi masofani saqlang. Ularga yaqin borishdan saqlaning. Nimaiki ishga qo‘l urmoqchi bo‘lsangiz, tafakkuringizga quloq tuting. Oilalilar uchun farzandlari bilan muloqot qilish va birgalikda sayr qilish uchun xayrli kechadi. Ular sizning mehringizni kutishmoqda. Mehringizni darig‘ tutmang. Kechqurun salomatlikka e’tibor qaratib qo‘yishni, toza havoda sayr qilishni unutmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
26 fevral kuni favqulodda janjallar va bahslardan nari bo‘ling. Yo‘qsa, o‘zingizning ham, o‘zgalarning ham kayfiyatini bir pul qilishingiz mumkin. Moliyaviy sohada bugun omadingiz kulmaydigan bo‘lib turibdi. Demak, zahira pullarni ishlatishingizga to‘g‘ri keladi. Yaqinlaringizga sovg‘alar xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, narxi arzon do‘konni qidirib topishingiz tavsiya qilinadi. Kechqurun ayrimlar xizmat safariga otlanishi kutiladi. Safar sizga moddiy manfaat keltirishi ham ehtimoldan xoli emas.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ishxonangizda zerikarli muhit yuzaga kelishi mumkin. Ammo bu ish unumiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Aksincha ishni odatiy kunlardagiga nisbatan tezroq yakunlab dam olish uchun ham vaqt topishingiz mumkin bo‘ladi. Yangi loyiha o‘ylab topgan bo‘lsangiz, u bugun sizga mukofot pulini ham naqd qilib qo‘yishi haqiqatga yaqin. Oilaviy hayotingizda ayrim kelishmovchiliklarni boshdan kechirishingiz mumkin. Bu katta janjalga aylanib ketishini istamasangiz, xotirjamlikni qo‘ldan bermang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
26 fevralda nafaqat shaxsiy hayotda, balki moliyaviy muammolarni bartaraf etishda ham ancha ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. Alam qiladigani, bu muammolarni yolg‘iz hal eta olmaysiz. Iloj qancha. Yaxshilikka erishishingiz uchun yana picha vaqt kerak bo‘ladi. Ishingiz ham har kungidan ko‘proq bo‘ladi. Demak, uyingizga vaqtliroq ketish uchun imkon bo‘lmaydi. Salomatlikka e’tibor qarating. Yo‘qsa, ayni ishlab pul topadigan kunlarni kasalxonada kechirishingiz hech gap emas.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Belni mahkam boylab, qarama-qarshi jins vakil yo vakilalarining xushomadiga uchib qo‘ymang, sifatsiz mahsulotlar xarid qilib qo‘yishdan saqlaning. Bugun uy-joy, eski buyumlar va xususiy mulk oldi-sotdisi muvaffaqiyatli kechadi. Og‘ir vaziyatlardan chiqib ketishingiz oson kechmaydi. Ayrimlarning oilaviy hayotida begona bir sharpa kezadi. Bu raqiblikka da’vogar bo‘lishi mumkin. Undaylarni o‘z vaqtida joyiga o‘tqazib qo‘yish lozim.

ChAYОN (24. 10 — 22. 11)
26 fevral kuni g‘alati bir ahvolda qolib ketishingiz mumkin. Hatto, yaqinlaringiz ham sizni tushunishga harakat qilmasligi alamli kechadi. Ammo bundan tushkunlik botqog‘iga botish shart emas. O‘zingizga o‘zingiz yordam ko‘rsata olasiz. Olg‘a yuring. Xotirjamlikni kitob mutolaasi, internetda ishlash orqali topasiz. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, muolajalar vaqtini o‘tkazib yubormasligingiz tavsiya etiladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun xaridlarda ehtiyot bo‘ling. Sifatsiz mahsulotlarni sotib olib qo‘yishdan saqlaning. Oilasizlardan kimnidir bo‘lg‘usi juftining atrofida pashsha kabi aylanib yurgan kimsalar ranjitishi mumkin. Ular hatto bo‘lg‘usi juftingizning qarindoshlari bo‘lib chiqqan taqdirda ham baribir rashkdan qochib qutulishingiz qiyin bo‘ladi. Salomatlik masalasida siz yuqori cho‘qqilardasiz. Faqat ko‘proq piyoda yurish va harakatlanish zarurligini unutib qo‘ymang. O‘zingizni ehtiyot qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
26 fevralda ishxonangizga keliboq qarshingizda juda ko‘p yumushlar ko‘ndalang turishini ko‘rasiz. Lekin qo‘rqib ketmang. Ko‘z qo‘rqoq, qo‘l botir deb behuda aytishmagan. Astoydil yeng shimarib ishga tushsangiz, ularni qoyillatib bajara olasiz. Kun davomida salomatlikni profilaktika yo‘li bilan mustahkamlab borishni unutmang. Ro‘zg‘oringizda ham muammolar bir talay. Ularni kechqurun bartaraf etishga kirishasiz. Ammo bu ishda yaqinlaringiz yordami kerak bo‘ladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kuningiz ham unumli, ham quvonchli kechadi. Muammolar, mushkulotlar sizni chetlab o‘tadi. Shaxsiy hayotda juftingizning fikrlari bilan ham hisoblashishingiz tavsiya qilinadi. Shu bilan birga uning xohish-istaklari bilan ham qiziqib ko‘ring. Kechqurun safarga otlanishingiz kutiladi. Ammo bu safar siz kutgan natijani bermaydi. Bu fojia emas. Safar kutilgan natijani bermasa, qaytganingizdan keyin o‘sha natijani yashab turgan joyingizdan qidirib ko‘rasiz. Albatta topasiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
26 fevral kuni anchadan beri kutgan buyumni xarid qilishga oshiqasiz-u, baxtga qarshi pulingiz yetarli bo‘lmasligi mumkin. Qarz oling. To‘g‘ri, qarzni qaytarish bor. Lekin shunga yarasha o‘sha buyumni sotib olasiz va kayfiyatingiz ko‘tariladi. Kunning ikkinchi yarmida ommaviy tadbirda ishtirok etishingiz kutilmoqda. Emotsiyangizni jilovda ushlang. Oilasiz bo‘lsangiz, kechqurun bo‘lg‘usi juftingiz bilan romantik uchrashuvga chiqqaningizda asqotadi.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 203
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 134
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 314
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 172
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 360
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 249
  • So'nggi yangiliklar
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video) 05 мая, 05:12 42
  • Bo‘limlar