“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 01:45
ЎЗO‘Z

Qon bosimining oshib ketishiga qarshi kurashish uchun eng yaxshi mahsulotlar

21 fev, 18:45 8 145 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qon bosimining oshib ketishiga qarshi kurashish uchun eng yaxshi mahsulotlar Amerikalik olimlar qon bosimi oshishidan aziyat chekadiganlar ovqatlanish ratsioniga quyidagi mahsulotlarni qo‘shish taklifi bilan chiqdi. Zero, bunday ne’matlar gipertoniyaga qarshi yaxshi kurashuvchanlik xususiyatiga ega ekan.

Pomidor sharbati. Bosimning oshib ketishi organizmda natriyning ko‘payib ketishi bilan bog‘liq. Kaliy esa unga qarshi muvozanat hosil qila oladi. Olimlarning aytishicha, aynan pomidor sharbatini iste’mol qilish organizmda natriy me’yori ko‘payib ketishining oldini oladi.

Organizmda natriyning yig‘ilib qolishi yurak-qon tomiri o‘tkazuvchanligini yomonlashtirib, aritmiyaga olib keladi. Boz ustiga, yosh o‘tgan sari natriy tez yig‘ila boshlaydi.

Mutaxassislar yoshi katta inson organizmi har kuni 3500 milligramm kaliy qabul qilishi kerakligini eslatib o‘tishdi. Tadqiqotlar kam kaliy iste’mol qiladiganlarda qon bosimi barqaror o‘sib borishini ko‘rsatdi. Kaliyning bir kunlik normasi esa bir stakan pomidor sharbatida mavjud. Pomidorlar ushbu mikroelementlarga boy bo‘lgani uchun gipertoniyaga qarshi kurashishda eng yaxshi vositadir.

Yogurt. Shifokorlar bosimni me’yorlashtirish uchun haftasiga besh marotaba tabiiy yogurt iste’mol qilishni tavsiya etishadi. O‘z navbatida u gipertoniyaga qarshi kurashishda yaqindan yordam beradigan eng yaxshi mahsulotlardan biridir. Yogurt tarkibidagi kaliy qon bosimi oshishiga olib keladigan organizmdagi ortiqcha tuzni haydab chiqaradi. Qolaversa, u tana uchun zarur bo‘lgan kalsiy va oqsilga boydir.

Bundan tashqari, olimlar qon bosimi oshishiga qarshi kurashishda qo‘l keladigan yana bir nechta mahsulotlar nomini sanab o‘tishdi. Ular: tovuq go‘shti, mol go‘shti, baliq, banan, brokkoli va yong‘oqlardir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 2
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 58
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 242
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 148
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 119
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 149
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 0
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 0
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 1
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 25
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 59
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 21
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 51
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 99
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 45
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 58
  • Bo‘limlar