“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 03:23
ЎЗO‘Z

Miyamiz uchun halokatli bo‘lgan salbiy odatlar

04 fev, 06:02 6 340 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Miyamiz uchun halokatli bo‘lgan salbiy odatlar Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga shubha yo‘q. Shu bilan birgalikda bir qarashda mutlaqo zararsiz bo‘lib ko‘ringan miya uchun halokatli hisoblanuvchi bu odatlardan voz kechish ham salomatlikda samarali ravishda o‘z aksini topadi.

Tuzni ortiqcha iste’mol qilish
O‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlardan keyin olimlar shunday xulosaga keldi: tuz qon bosimini oshiradi, bu o‘z navbatida miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va aqliy kamchiliklarga olib keladi.

Muntazam ravishda uyquga to‘ymaslik
Uyquning yetishmasligi xotiraga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Lekin eng muhimi shundaki, uyqusizlik natijasida uxlash vaqtida yuz beradigan miyaning toksinlardan tozalanish jarayoni va asab hujayralarining faoliyati buziladi.

Bu miya faoliyatining to‘xtalishlariga olib keladi – diqqatni to‘plash yomonlashadi, analitik funksiyalar cheklanadi, kasalliklar paydo bo‘lish xavfi oshadi.

Quloqqa bo‘lgan doimiy bosim
Bugungi kunda eshitish a’zolariga bo‘lgan yuklama juda ko‘payib ketdi, ayniqsa buni katta shaharlarda sezish mumkin – transport, kafe va do‘konlardagi musiqa va hokazolar.

Quloqqa bo‘lgan bunday kuchli ta’sirlar eshitish qobiliyatining buzilishiga olib keladi. AQShdagi Jon Xopkins universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlardan keyin olimlar eshitish qobiliyati zarar ko‘rgan odamlarning aqliy kamchilik bilan bog‘lik kasalliklarga chalinish xavfi 40% ko‘proq bo‘ladi degan xulosaga keldi.

Muntazam ravishda me’yoridan ortiqcha yeyish
To‘g‘ri ovqatlanish tanaga ham, miyaga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 2012 yil Neurology jurnalida ortiqcha vaznning aqliy qobiliyatga bo‘lgan ta’siri haqida uzoq muddat davom etgan tadqiqotlarning natijalari e’lon qilindi.

50 yosh atrofidagi 6000 ga yaqin odam o‘rganib chiqilgan. 10 yildan keyin tadqiqot qatnashchilari yana bir marta sinovdan o‘tkazilgan va ma’lum bo‘lishicha, ortiqcha vaznli odamlarning aqliy qobiliyati qomati kelishgan odamlarnikiga qaraganda 22% ga yomonlashgan.

Yolg‘izlik
Yolg‘izlik hissi albatta stress darajasini oshiradi, bu holatda stress gormoni ( kortizol) ishlab chiqariladi. Bu gormonning yuqori darajasi neyronli aloqalarga putur yetkazadi, natijada esa miya faoliyati yomonlashadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 119
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 286
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 144
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 331
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 222
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 285
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar