“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 20:10
ЎЗO‘Z

O‘zidan-o‘zi bosh aylansa, nima qilish kerak?

04 fev, 00:05 9 304 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zidan-o‘zi bosh aylansa, nima qilish kerak? Bosh aylanishini yengillashtirish uchun biroz yoting va ko‘zlaringizni yuming. O‘zidan-o‘zi bosh aylanishi — bu kasallik emas, balki salomatlik bilan bog‘liq boshqa muammolarning alomati hisoblanadi. Undan qutulish uchun uni nima keltirib chiqarganini aniqlab olish kerak bo‘ladi.

Bosh aylanishining sabablari
Uni turli xil omillar keltirib chiqarishi mumkin:
- spirtli ichimlik;
- boshning bezarar to‘xtovsiz pozitsion aylanishi (BBTPA);
- qon bosimining pastligi;
- qon tarkibida shakar miqdorining kamligi;
- insult;
- suvsizlanish;
- giperventilyatsiya;
- vahima hujumi;
- o‘rta quloq infeksiyasi;
- dengiz kasalligi;
- mener kasalligi;
- ichki quloqning yallig‘lanishi (labirintit).
Bosh aylanishini ba’zi dori vositalari ham nojo‘ya samara sifatida keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun har doim dorini qo‘llashdan oldin nojo‘ya ta’sirlari ro‘yxatini o‘qib chiqing.

Bosh aylanishida yordam beruvchi dori vositalari
Dori-darmonlar yordamida bosh aylanishini emas, balki uning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan kasallikni davolash mumkin. Unga bog‘liq ravishda quyidagi vositalar yordam berishi mumkin:
- trankvilizatorlar, agar bosh og‘rig‘i ruhiy kechinmalar bilan bog‘liq muammolar natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa;
- antixolinergik yoki antigistamin preparatlar, agar sabab BBTPA bo‘lsa;
- migrenga qarshi vositalar, agar bosh aylanishi migren bilan bog‘liq bo‘lsa.

Agar bu vositalar yordam bermasa, yashash tarzingizda nimanidir o‘zgartirishga urinib ko‘ring.
Agar bosh aylanishi bir hafta davomida o‘tib ketmasa, albatta shifokorga murojaat qiling.

Yashash tarzini o‘zgartirish
Bosh aylanishining oldini olish uchun ko‘proq suv ichishga, to‘yib uxlashga harakat qiling, stress holatlarini, spirtli ichimliklarni va chekishni kamaytiring.

Shuningdek, bosh aylanishiga qarshi kurashishning fizioterapevtik usullari: akupunktura, Epli va muvozanatni saqlash mashqlari ham mavjud. Agar bosh aylanishi ruhiy holat bilan bog‘liq bo‘lsa, unda ruhshunosga murojaat qiling.

Qachon shifokorga murojaat qilish lozim?
Agar sizda bosh aylanishi bilan birga quyidagi alomatlar ham kuzatilayotgan bo‘lsa, albatta shifokorga uchrashing:
- kuchli bosh og‘riqlari;
- yurish paytidagi qiyinchiliklar, yiqilib tushishlar;
- ko‘ngil aynishi va qayt qilish;
- hushdan ketish;
- nafas olishga qiynalish;
- bo‘yin mushaklarining siqilishi;
- tomir tortishishi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 236
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 146
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 119
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 141
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 259
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 151
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 169
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 181
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 99
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 66
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 54
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 39
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 251
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 34
  • Bo‘limlar