“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:56
ЎЗO‘Z

Sochlar to‘kilishiga qarshi 6 vitamin

01 fev, 15:20 7 072 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sochlar to‘kilishiga qarshi 6 vitamin Tongda ko‘zgu oldida turib soch tarayotganingizga taroqda katta soch tutamini ko‘rasiz. Sochlarni tarash azobga aylanadi, axir har safar ko‘plab soch tolalari sizni tark etadi. Bunday vaziyat sizga ham tanishmi? Agar «Ha» bo‘lsa, bu vahimaga tushish uchun sabab emas. Chunki muammoga organizmingizda ayrim vitaminlarning yetishmayotgani sabab bo‘lishi mumkin. Bugun sochlar to‘kilishiga qarshi ishlaydigan 6 vitamin haqida suhbatlashamiz.

Biotin B7
Bu sochlar uchun vitaminlarning faol tarkibiy qismi. Uning organizmda yetishmasligi sochlarning quruqligi va sinuvchanligiga olib kelishi mumkin. Biotin bosh terisini oziqlantiradigan va ularni kuchli qiladigan o‘rnini bosib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalarini ishlab chiqarishda yordam beradi. Gulkaram, yong‘oqlar va dukkaklilar tarkibida mavjud.

B5 pantoten kislotasi
Bu vitamin sochlar yaxshi o‘sishida ishtirok etadigan keratinni ishlab chiqarishda yordam beradi. O‘sish, yaltirash va sochlarning sog‘lomligiga hissa qo‘shadi. Brokkoli, qo‘ziqorin, kartoshka, sutli mahsulotlar, yong‘oqlar tarkibida mavjud.

Ye vitamini
Bosh terisida qon yaxshi aylanishiga hissa qo‘shadi. Bu esa sog‘lom teri va sochlar deganidir. Ismaloq, brokkoli va boshqa yashil sabzavotlar, yong‘oqlar, o‘simlik yog‘lari tarkibida mavjud.

Foliy kislotasi
Aynan u organizmga sochlar o‘sishiga yordam beradigan yangi hujayralarni hosil qilishda yordam beradi. Yashil bargli sabzavotlar, asal, dukkaklilar, yirik tortilgan undan tayyorlangan non, shuningdek, ayrim sitrus mevalar tarkibida mavjud.

S vitamini
U sochlar to‘kilishining oldini olish uchun muhim. S vitamini sochlar o‘sishini tezlashtirish uchun qo‘llaniladi va boshqa asosiy vitaminlar o‘zlashtirilishi uchun ular bilan birga ishlaydi. Sitrus mevalar, qizil bulg‘or qalampiri, bryussel karami, brokkoli, pomidor sharbati, gulkaram, kartoshka tarkibida mavjud.

A vitamini
Sochlarning o‘sishi, qon aylanishi, bosh terisini yoshartirish uchun muhim. A vitamini teri uchun qarishga qarshi ko‘plab mahsulotlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Yashil bargli sabzavotlar, qovoq, sabzi, o‘rik, mango, shuningdek sut mahsulotlari tarkibida mavjud.

Ana endi soch to‘kilishi muammosi yuzaga kelganida qanday vitaminlar yetishmayotgani, ratsionni zarur vitaminlar bilan boyitish uchun unga qanday mahsulotlarni kiritishni bilib oldingiz. Salomat bo‘ling!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 228
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 137
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 334
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 178
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 375
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar