“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 12:06
ЎЗO‘Z

Yurak uchun "eng foydali mahsulotlar" ma’lum qilindi

28 yanv, 09:23 8 062 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yurak uchun "eng foydali mahsulotlar" ma’lum qilindi Olimlar yurak faoliyati uchun eng foydali mahsulotlarni ma’lum qilishdi. Bu borada 5 nomdan iborat ro‘yxat Britaniya parhezshunoslik uyushmasi mutaxassislari tomonidan tuzildi. Bu haqda Kun.uz nashri yozdi.

1-o‘rinni yirik tortilgan yormalar – jigarrang guruch, yirik tortilgan undan tayyorlangan makaronlar, suli bo‘tqasi, javdar noni va olabuta egallagan. Mutaxassislarning fikricha, bunday oziq-ovqat yurak-tomir kasalliklaridan o‘lish xavfini 9 foizga kamaytiradi.

Keyingi o‘rinni dukkakli mahsulotlar egallagan. Xolesterin miqdorini 5 foizga kamaytirish uchun ulardan kuniga 130 gramm iste’mol qilish kifoya qiladi. Dukkaklilar kletchatkaga boy bo‘lib, ular hazm qilish vaqtida o‘ziga xos “gel”ga aylanadi. Bu “gel” xolesterin bilan ta’sirlashib, uning organizm tomonidan o‘zlashtirilishini kamaytiradi.

Foto: Getty Images
Yurakning yaxshi ishlashi uchun meva va sabzavotlar ham zarur – ular qon bosimini nazorat qilishda yordam beruvchi kaliyga boy.

5-o‘rinni esa baliq egallagan – unda mavjud bo‘lgan yog‘ kislotalari yurakni mustahkamlash uchun foydali. Bundan tashqari, baliq kaliy, B6 va B12 vitaminlariga boy. Mutaxassislarning fikricha, baliqdan haftasiga 120 gramm iste’mol qilish yurak xuruji xavfini 21 foizga kamaytiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 7
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 105
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 274
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 186
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 249
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 396
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 7
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 12
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 29
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 28
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 22
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 213
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 57
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 231
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 131
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 230
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 69
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 131
  • Bo‘limlar