“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:25
ЎЗO‘Z

Nega tishlar ko‘proq qish kunlari bezovta qiladi?

16 yanv, 12:36 4 379 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nega tishlar ko‘proq qish kunlari bezovta qiladi? Qish faslida odam organizmi nafaqat avitaminoz, balki, quyosh nuri yetishmovchiligidan va sovuq havodan ham aziyat chekadi. Shu sababli ko‘pchiligimizda nafas oladigan sovuq havo tufayli tishlarimizda sezuvchanlik oshib ketadi. Albatta bu uchraydigan yagona muammo emas. Hozir quyidagi muammolar sababi hamda yechimini ko‘rib o‘tamiz.

Ftor saqlovchi tish pastalaridan foydalaning
Agar tishlaringizda sovuq tufayli sezuvchanligi oshib ketgan bo‘lsa, tibbiyot dorixonalaridan maxsus sezuvchi tishlar uchun tish pastalarini so‘rang. Ularning tarkibida ko‘p miqdorda ftor saqlanib, emalni mustahkamlaydi va sezuvchanlikni pasaytiradi.

Iliq ichimliklardan iching
Sovuq ichimliklarni sovuq havoda iste’mol qilishingiz, tishingizning emal qavatida mikroyoriqchalarni paydo qilishi mumkin. Bu esa sizning sog‘lom tabassumingizni buzishi mumkin.

Burun orqali nafas oling
Burun orqali nafas olish tishlaringiz himoyasini ta’minlaydi. Jismoniy mashq vaqti, yani ertalabki yugurishda burun orqali nafas olib og‘izdan chiqarishingiz organizm, aynan tishlaringiz uchun foydalidir.

Shirinliklardan voz keching
Shirinlik tarkibidagi uglevod sog‘lom tishlarning dushmani hisoblanadi. Bu uglevodlarning sut kislotasigacha parchalanib, tish emal qavatini yemiradi hamda uning sezuvchanligini orttiradi. Agar shirinlikni xush ko‘rsangiz har safar shirinlik iste’mol qilganingizdan keyin tish yuvishni unutmang.

Tish cho‘tkalarini tez-tez almashtirib turing
Qish faslida viruslar faqat havo tomchi emas, balki, tish cho‘tkalari orqali ham tarqaladi. Shu sababli ularini har foydalanganingizdan keyin yuving va tish cho‘tkangizni 2 oyda bir marotaba almashtirishingiz o‘rinli hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 194
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 133
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 310
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 162
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 356
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 246
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar