“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 12:20
ЎЗO‘Z

Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?

31 dek, 07:30 7 372 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi? MAYMUN: Tushingizda maymunni ko‘rsangiz, ko‘ngli qoralar sizni chuv tushirish harakatiga tushgan. Agar o‘lik maymunni ko‘rsangiz, siz bilan kurashda dushmanlaringiz mag‘lub bo‘ladi. Ayol kishi tushida maymunni ko‘rsa, turmush o‘rtog‘i rashk qilishga asos bo‘luvchi harakatlarni sodir eta boshlagan. Maymunga ovqat bersangiz, ablahlar sizga ochiqchasiga yomonlik qilishni mo‘ljallagan.
BULUT, YoMG‘IR: Tushda bulut ko‘rish ishlar orqaga ketishidan darak beradi. Agar yomg‘ir yog‘ayotganiga guvoh bo‘lsangiz, oldinda sizni ko‘ngilsizlik, xastalik kutib turishi mumkin. Oppoq, quyoshning zarrin nurlarida tovlanayotgan bulut ko‘rsangiz, omadga erishasiz.
MUNChOQ: Ayol kishiga tushida munchoq hadya etishsa, demak, uning oilasi mustahkam, turmush o‘rtog‘i sadoqatli. Munchoq yo‘qotsa, real hayotda ham yo‘qotishlarga yuz tutadi. Qimmatbaho munchoqni bo‘yniga taqsa, jamiyatdagi obro‘si yanada oshadi.
EShAK: Tushda eshak ko‘rish odatda muvaffaqiyatsizliklarga sabab bo‘ladi. Basharti ustiga yuk yuklangan eshakni ko‘rsangiz, aksincha, ishlaringiz baroridan keladi. Katta bir ishni sabr bilan muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirasiz. Agar tushingizda sizni eshak quvsa, g‘iybatchilar, hasadgo‘ylar nazariga tushasiz. Eshak hangrayotganiga guvoh bo‘lsangiz, kimdir sizni haqorat qiladi.
OV: Tushda ov qilayotgan bo‘lsangiz, demak, real hayotda bajarilishi juda qiyin bo‘lgan bir ishni ko‘ngildagidek yakunlaysiz. Ovga chiqib, o‘ljani tuta olmasangiz, ishda muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Aksincha tutib olsangiz, omad siz tomonda bo‘ladi.
ZAHAR: Tushingizda sizga zahar berib qo‘yishsa, qandaydir ko‘ngilsizlikdan qochishingiz kerak bo‘ladi. Ayol kishi o‘zi gumonsiraydigan raqibasiga zahar bersa, eri xiyonatga qo‘l urishi mumkin. Zaharga to‘latilgan idishni otib yuborsangiz, hayotingizda paydo bo‘ladigan jiddiy to‘siqlarga qarshi qattiq kurashishingiz kutiladi. Zahari bor idishni qo‘lda tutib turish favqulodda ko‘ngilsizlikka uchrash mumkinligini anglatadi.
TUXUM: Tuxum qo‘yilgan qush inini ko‘rsangiz, boylik va baxtga erishasiz. Tushda tuxum yesangiz, xonadoningizda xavotirli lahzalar paydo bo‘ladi. Pachoqlangan tuxum ko‘rsangiz, taqdir sizga kutilmagan sovg‘alarni hadya etadi. Aynigan tuxum ishlar baroridan kelmasligi, asabbuzarliklardan darak beradi.
KALTAKESAK: Tushingizda kaltakesak ko‘rsangiz, yomon odamlar ta’qibiga uchrashingiz mumkin. Kaltakesakni o‘ldirsangiz, har jabhada muvaffaqiyatga erishasiz. Kaltakesak tishlab olsa, baxtsizlik sizga xavf solishi kutiladi.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 155
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 115
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 290
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 191
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 255
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 401
  • So'nggi yangiliklar
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 6
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Bo‘limlar