“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 17:56
ЎЗO‘Z

Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?

31 dek, 00:00 10 114 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi? QON: Tushda qon ko‘rish yorug‘lik belgisi. O‘zingizni qonga bo‘yalgan holda ko‘rsangiz, hayotning qaysidir jabhasida muvaffaqiyatga erishasiz.
ISITMA, BEZGAK: Tushingizda isitmangiz ko‘tarilib, bezgak tutayotgan bo‘lsa, bo‘lar-bo‘lmas ishlar haqida behuda xavotirlanayotgan bo‘lib chiqasiz. Hayotda mazmunli, qiziqarli, foydali hodisalar, ishlar ko‘p. O‘zingizni qo‘lga oling va foydali ish bilan band bo‘ling.
MARVARID: Tushda marvarid ko‘rish kutilmagan boylik va muvaffaqiyat olib keladi. Agar ayolga suyukli insoni tushida marvarid sovg‘a qilsa, baxti yanada to‘kis bo‘ladi. Ayol tushida marvaridini yo‘qotib qo‘ysa, uni favqulodda ko‘ngilsizliklar, g‘am-anduhlar kutadi.
DEVOR: Tushda baland devor ustiga chiqsangiz, martabangiz oshadi. Devordan yiqilsangiz, qo‘lingizdan kelmaydigan ishga qo‘l urishingiz kutiladi. Tushda do‘stlar bilan devor ustida o‘tirsangiz va to‘satdan devor qulab tushsa, yaqinlaringizdan kimdir baxtsiz hodisaga yo‘liqishi mumkin.
SUT: Tushingizda sut ko‘rsangiz ham, ichsangiz ham hayotingizda yorqin hodisalar ko‘payishidan darak beradi. Agar ichayotgan sutingiz kirlangan yoki ichiga yoqimsiz narsa tushib qolgan bo‘lsa, aksincha, baxtsizlikka, muvaffaqiyatsizlikka uchrashingiz ehtimoli bor.
OLTIN BALIQ: Tushingizda oltin baliq ko‘rsangiz, omadli va yoqimli sarguzashtlarni boshdan kechirasiz. Turmushga chiqmagan qiz yoki ayol kishi tushida oltin baliq ko‘rsa, kelishgan va badavlat insonga turmushga chiqadi. Oilali bo‘lsa, turmush o‘rtog‘ining ishlari yurishib, ro‘zg‘origa baraka kiradi. Tushda chala o‘lik yoki o‘lik holdagi oltin baliqni ko‘rsangiz, shaxsiy hayotda shafqatsiz sinovlarga duch kelasiz.
AYIQ: Tushda ayiq ko‘rish eng muhim va serdaromad ishlarda yangi raqiblar paydo bo‘lishini anglatadi. Ayiqni o‘ldirsangiz, eng og‘ir vaziyatdan silliqchasiga chiqib keta olasiz. Turmushga chiqmagan qiz tushida ayiq ko‘rsa, o‘ta xavfli raqiba yo‘liga ko‘ndalang bo‘ladi, qaysidir masalada omad undan yuz o‘giradi.
AXLAT: Tushingizda axlat ko‘rsangiz, ishlaringiz orqaga ketadi. Cheksiz axlat uyumini ko‘rsangiz, atrofdagilar sizni kamsita boshlashi, ishlaringizda muvaffaqiyatsizliklar paydo bo‘lishi mumkin.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 113
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 282
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 139
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 326
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 218
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 278
  • So'nggi yangiliklar
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 0
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 0
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 9
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 15
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 203
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 44
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 290
  • Bo‘limlar