“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 10:42
ЎЗO‘Z

Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?

30 dek, 07:47 18 845 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi? ABORT: Agar ayol tushida homilador bo‘lib, abortga rozilik bildirsa, buni yaqinlashib kelayotgan ko‘ngilsizlikdan ogohlantirish deb bilsin. Agar vrach tushida homilador ayolni abort qilsa, mas’uliyatli kasbiga mas’uliyat bilan yondashishi uchun ogohlantirish deb bilsin.

O‘RIK: Tushda o‘rikli bog‘da sayr qilish yashirin va arzimas tashvishdan darak demakdir. Tushda o‘rik yeyish mayda ko‘ngilsizliklar yaqinlashib kelayotganidan darak. Boshqalar o‘rik yeyayotganini ko‘rsangiz, qaysidir ishga qo‘l urib ijobiy natijaga erisha olmasligingizni anglatadi.

AVTOMOBIL: Tushda avtomobil ko‘rish hayotingiz va ishingizda omad kulib boqishidan darak. Avtohalokatga uchrasangiz, sizni real hayotda jiddiy ko‘ngilsizlik kutayotgan bo‘ladi. Avtohalokatdan muvaffaqiyatli tarzda qochib qola bilsangiz, bu yaxshilikka. Hasadgo‘ylar hasadidan himoyalangan bo‘lib chiqasiz.

Tushda mashina sotib olish ham yaxshilik belgisi. Ammo buzuq mashina sotib olsangiz, omadsizlikka yuz tutasiz. Tushda ko‘pgina avtomobillarni ko‘rsangiz, safarga chiqasiz. Avtomobilingizni kimdir o‘g‘irlab qochsa, yaqin kelajakda muvaffaqiyatlar sizdan yuz o‘giradi. Avtomobildan tushib kelish muhim rejalaringiz haqiqatga aylanishini anglatadi.

AKULA: Tushda akula ko‘rish sizni qo‘rqinchli va xavfli dushman paydo bo‘lganidan ogoh etadi. Agar akula sizga hujum qilsa, yaqin orada qaysidir jabhada omadsizlikka yuz tutasiz. Toza, zilol suvda suzayotgan akulani ko‘rsangiz, qaysidir hasadgo‘y sizni bir tutamgina baxtdan ham mahrum etish niyatida ekanidan darak bo‘ladi.

ANANAS: Tushda ananas ko‘rish baxt va omad belgisi. Yaqin vaqt ichida siz muvaffaqiyatli lahzalarni boshdan kechirishingiz belgisi. Tushda ananas yeyish ham omadni bildiradi.

ANGINA: Tushingizda anginaga yo‘liqsangiz, ishda muvaffaqiyatsizlikka erishasiz. Boshqalar anginaga uchrasa, qalbingizda xavotirlar soni ortadi.

ARAVA: Tushda arava ko‘rish kimdir sizni hayotda qo‘llab-quvvatlashi mumkinligidan belgidir. Aravada sayohatga chiqsangiz, obro‘yingiz va daromadingiz ortadi.

KAPALAK: Tushda kapalak yam-yashil o‘t ustiga qo‘nib turganini ko‘rsangiz, hayotingiz gullab-yashnaydi deyavering. Ko‘p kapalaklarni ko‘rish yoqimli xabar olishdan darak. Qizlarga yaqinda baxtini topishining belgisi. Oppoq kapalakni ko‘rish yangi xastalikka uchrashdan darak beradi.

YuGURISh: Agar tushingizda ko‘pchilikning orasida yugurib ketayotgan bo‘lsangiz, quvnoq bir davraga tushib qolishingiz kutiladi. Bundan tashqari, shaxsiy hayotning qaysidir jabhasida omad kulib boqadi. Mabodo yugurayotib yiqilib tushsangiz, odamlar orasidagi hurmatingizga putur yetadi. Yolg‘iz yugursangiz, do‘stlar va tanishlarni pul topish masalasida quvib o‘tasiz, jamiyatdagi o‘rningiz mustahkamlanadi.

JARLIK: Tushda jarlikka tikilib qarash kim bilandir janjallashib qolishingiz, shaxsiy hayotda jiddiy muammolarga duch kelishingiz mumkinligini anglatadi. Ayol kishi tushida jarlikka qarab turgan bo‘lsa, o‘zi istamagan holda kimgadir mehr, oqibat ko‘rsatishi mumkin.

YaNGI KIYIM: Tushda yangi kiyim sotib olish hurmatingiz oshishidan dalolat beradi. Yangi, yorqin rangli kiyimda bo‘lsangiz, jamiyatda hurmatga erishasiz. Yirtiq kiyimda bo‘lsangiz, aksincha hurmatingiz yo‘qolishi va qandaydir ko‘ngilsizlikka duch kelishingiz ehtimoli bor. Kimgadir yangi kiyim sovg‘a qilsangiz, bu ham hurmat topishingizning belgisi.

MURDA: Tushda murdani ko‘rsangiz, tirik, anchadan beri ko‘rmagan odam bilan uchrashasiz. Murda bilan quchoq ochib ko‘rishish yangi tanishlar orttirishdan dalolat hisoblanadi. Murdaga yegulik berish ko‘ngilsizlik olib keladi. Murda sizga yegulik bersa, rizqingiz butlashadi.

GULZOR: Tushda rang-barang gullardan iborat bog‘da sayr qilish yaxshi odamlar davrasida bo‘lishdan darak. Gullardan birini uzib olsangiz, hurmatingizga hurmat, baxtingizga baxt qo‘shilishi mumkin.

NON: Tushda nonni ko‘rish yangi rizq sizni qayerdadir kutib turganidan darak beradi. Non yeyish o‘sha rizqni qidirib topishingiz belgisi. Tandirda pishayotgan bo‘rsildoq nonlarni ko‘rsangiz, qo‘lingizga pul tushadi, qo‘shimcha daromadga ega bo‘lasiz.

XASTALIK: Qizlar tushida kasalga chalinsa, turmushga chiqishidan darak. Qarindoshlardan birini xasta holda ko‘rsangiz, oilangizda katta yo kichik ko‘ngilsizlik yuz berishi mumkin.

Tushda quturish xastaligiga yo‘liqish hasadgo‘ylar nazariga tushishingizdan darak beradi. Sizni quturgan it tishlab olsa, real hayotda do‘stlardan biri sizni boplab chuv tushirishi mumkin. Badanga yara toshib ketgan bo‘lsa, kutilmagan ko‘ngilsizlik paydo bo‘lish ehtimoli bor.

ChO‘MILISh: Zilol suvda cho‘milish yaxshilikka erishishingiz belgisidir. Agar loyqa suvda cho‘milayotgan bo‘lsangiz, sizni ko‘ngilsizliklar kutib turadi. Cho‘milayotib zilol suv og‘zingizga kirib ketsa va suvni yutib yuborsangiz, qo‘rqmang, har sohada omadingiz keladi. Xasta bo‘lsangiz, tuzalish pallasiga kirasiz.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 203
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 134
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 314
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 172
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 360
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 249
  • So'nggi yangiliklar
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 2
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi 05 мая, 09:51 8
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 42
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 409
  • Bo‘limlar