“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:08
ЎЗO‘Z

Salomatlikni saqlash va ortiqcha vazndan xalos bo‘lishning oson yo‘li ma’lum qilindi

29 dek, 06:30 4 474 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Salomatlikni saqlash va ortiqcha vazndan xalos bo‘lishning oson yo‘li ma’lum qilindi Kopengagen universiteti olimlari chidamlilikka jismoniy mashqlar, jumladan velosiped haydash visseral (ichki organlarni atrofidagi) yog‘ hajmining kamayishida muhim rol o‘ynovchi va yurak-tomir kasalliklari xatarini kamaytiruvchi interleykin-6 sintezida yordam berishini aniqlashdi.

Olimlar olib borgan 12 haftalik tadqiqotda har hafta 45 daqiqadan velomashqlar bilan shug‘ullangan 53 kishi qatnashgan. Ularga, shuningdek, vena tomirlari orqali platsebo sifatida fiziologik suyuqlik yoki interleykin-6 retseptoriga monoklonal antitanalar – totsilizumab yuborilgan. Totsilizumab revmatoid artritga qarshi qo‘llanadi va retseptorlar ishini bostirib, interleykin-6’ning yallig‘lanish jarayonlari paydo bo‘lishiga turtki beruvchi signal molekulasi sifatida ishlashiga qarshilik ko‘rsatadi. Visseral yog‘ magnit-rezonans tomografiya yordamida aniqlangan.

Platsebo olganlar guruhida visseral yog‘ hajmi 8 foizga (225 grammga) kamaygan. Biroq totsilizumab ta’siri mashqlar bajarishdan olinadigan samarani yo‘qqa chiqargan. Totsilizumab yuborilganlar guruhida yog‘ massasi, aksincha, platsebo olganlarga nisbatan 278 grammga ko‘paygan. Dori vositasi, shuningdek, umumiy va “yomon” xolesterin miqdorining oshishiga olib kelgan.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, interleykin-6 sog‘lom va kasal odamlar organizmida turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu molekula ham yallig‘lanishga olib keluvchi, ham yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsata oladi. Interleykin-6 darajasining surunkali tarzda oshishi o‘ta semiz, 2-turdagi qand kasalligi va yurak-tomir kasalliklariga ega bemorlarda kuzatiladi. Bundan tashqari, signal molekulasining ta’siri u joylashgan to‘qimalar turiga bog‘liq ravishda turlicha bo‘lishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 188
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 308
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 162
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 350
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 243
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar