“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:49
ЎЗO‘Z

Omonat

26 dek, 19:32 5 148 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Omonat Suyukli payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam quyidagi hikoyatni rivoyat qilib bergan edilar: “Bani Isroil qabilasidagi bir savdogar o‘z qabiladoshidan 1000 oltin dinor qarz so‘rab boribdi.

– Men pul berib turishga roziman, biroq tamoyilga ko‘ra, bir guvoh bo‘lishi kerak – debdi qarz berayotgan odam.
– Shohidlikka Alloh kifoya, – debdi savdogar.

– Men buni qabul qilaman, ammo sen safardan kelmay qolgan taqdirda pulimni qaytarib berishga bir kishi kafolat bo‘lib turishi zarur.
– Kafolat bo‘lib turuvchi ham Alloh, – javob beribdi savdogar yana.

– Men bunga roziman, – debdi qarz berayotgan kishi. – Men senga o‘zimiz kelishgan muddatga ming dinor berib turaman.

Savdogar pulni olib dengiz osha uzoq safarga yo‘l olibdi. U hamma ishlarini bitirib bo‘lishi bilan darhol aytilgan muddatda qarzini qaytarish uchun orqaga qaytib ketadigan kema qidiribdi. Baxtga qarshi bir qancha vaqt unga kerakli yo‘nalishda qatnaydigan kema topilmadi.

“Guvohim Alloh bo‘lgani sababli zudlik bilan omonatni qaytarishim shart”, – xavotirga tushibdi savdogar. “Qanday qilib o‘z vaqtida qarzimni qaytarsam ekan?!”.

U chor-atrofga qarab, to‘lqinlar qirg‘oqqa chiqarib tashlagan bir yog‘och bo‘lagiga ko‘zi tushibdi. Shunda savdogarda yog‘ochning ichini o‘yib, kavak qilish fikri kelibdi. U 1000 dinor pul bilan omonat bergan odamga yozilgan xatni kavakka joylabdi va teshikning og‘zini zichlab yopibdi.

U yog‘och bo‘lagini olib, iltijo qilibdi: “Yo Alloh. Mening 1000 dinor qarz olganligimdan xabardorsan. U odam guvoh talab qilganida Seni shohidlikka keltirsam qabul qildi, kimnidir kafillikka so‘raganida Seni kafil qildim, bunga ham rozi bo‘ldi. Men sidqidildan qarzimni o‘z vaqtida qaytaraman deb harakat qilsam ham buning ilojini qilolmadim. Endi esa bu omonatni Sen orqali berib yuboraman”. Savdogar shunday deb yog‘och bo‘lagini suvga tashlabdi va u ko‘zdan g‘oyib bo‘lgunicha orqasidan qarab qolibdi.

Belgilangan muhlat yetib kelganida pulni omonatga bergan odam uning dinorlarini olib kelayotgan kema kelgan-kelmaganligini bilish maqsadida dengiz bo‘yiga boribdi. U kemani ko‘rmabdi, ko‘zi faqat o‘tin bo‘lishdan boshqa narsaga yaramaydigan yog‘ochga tushib, uni olib ketibdi. Uyiga kelganidan so‘ng o‘tinni yorib ko‘ribdi va uning ichidagi 1000 dinor pul bilan o‘z nomiga yozilgan maktubni ko‘rib, hayratining cheki bo‘lmabdi.

Bu orada savdogar uyiga qaytadigan kemaga o‘tirib, vataniga kelgan zahotiyoq oyog‘i yerga tegmasdan qarz bergan odamning uyiga o‘qdek uchib boribdi:

– Xudo shohid, – shoshib-pishib tushuntira boshlabdi u, – qasam ichib aytamanki qanday qilib bo‘lsa ham omonatni o‘z vaqtida qaytarishga harakat qildim. Kema qidirib topa olmadim. Birinchi uchragan kemaga o‘tirib, hozirgina kelib turibman, mana sendan qarzga deb olgan 1000 dinor pul, omonatingni olib qo‘y.

U esa pulni bir chetga surib, savdogardan so‘rabdi:
– Sen menga nimadir jo‘natmaganmiding?

– Axir aytib turibman-ku, bugungi kelgan kemadan boshqa kema topa olmadim deb.

Pul bergan odam kulib debdi:
– Alloh sen tarafdan kafil bo‘lib yog‘ochning ichiga solib jo‘natgan omonatingni menga yetkazdi. Bu pulni o‘zingga olib qo‘ygin va haq yo‘lida doimo shunday yurgin.

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 341
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 230
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar