“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:35
ЎЗO‘Z

Olimlar “barcha uchun sog‘lom ovqatlanish” qoidasi mavjud emasligini isbotlashdi

18 dek, 10:39 3 519 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar “barcha uchun sog‘lom ovqatlanish” qoidasi mavjud emasligini isbotlashdi Veysman instituti (Isroil) g‘aroyib tadqiqot o‘tkazdi. Bir necha yil davomida olimlar 800 kishidan iborat ko‘ngillilar guruhini kuzatishdi. Tajriba ishtirokchilari ikki guruhga ajratildi. Birinchi guruhdagilar faqat “sog‘lom” taomlarni iste’mol qilishdi. Ikkinchilar esa sog‘lom hisoblanmaydigan yeguliklarni yeyishdi: yarim tayyor mahsulotlar, chipslar, gazli ichimliklar, muzlatilgan mahsulotlar va h.k (tadqiqotga jami 47 mingta mahsulot kiritildi).

Professor Eran Elinav va Eran Segal tadqiqotni o‘tkazgan hamkasblari bilan birgalikda g‘aroyib xulosaga kelishdi. Aniqlanishicha, kuzatilayotgan kishilarning organizmlari yegulikka individual reaksiya bergan. Har ikki guruhda ham ijobiy va salbiy o‘zgarishlar kuzatilgan.

Xususan, tadqiqotning turli ishtirokchilarida yagona taomga qondagi qand darajasining o‘zgarishi bir-biridan batamom farq qilgan. Aynan shuning uchun ham bir kishi ortiqcha vazn to‘plashi, boshqa birov esa aynan shu parhezda ixcham ko‘rinishda qolishini kuzatishimiz mumkin.

Hozirgi vaqtda parhezshunoslar glikemik indeksga qarab yo‘nalish belgilashmoqda. Indeks u yoki bu ovqat hamma uchun qay darajada “sog‘lom” ekanini belgilaydi. Biroq tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bir xil yegulik turli kishilar qonidagi qand miqdoriga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, tadqiqotda ishtirok etgan, unga avval vazn tashlash maqsadida turli parhezlarni sinab ko‘rgan bir ayolda tomat iste’molidan keyin qand darajasi “sakrar ekan”. Boshqalarda esa shirin pishiriqlarga qaraganda bananlar ko‘proq o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi aniqlangan.

Tadqiqot natijalari bo‘yicha tayyorlangan ma’ruzada “sog‘lom” va “nosog‘lom” mahsulotlar har bir odam uchun hayotning muayyan fursatidan kelib chiqib, individual tarzda aniqlanishi kerakligi aytilgan. Aynan shuning uchun ham “barcha uchun sog‘lom ovqatlanish” mavjud emas. Mahsulotlarni esa ichaklar mikroflorasining turli oziq-ovqatlarga reaksiyasidan kelib chiqib tanlash lozim.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 198
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 133
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 312
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 166
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 358
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 246
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar