“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:50
ЎЗO‘Z

Juda ham xavfli bo‘lgan parhezlar: takrorlashga urinmang

07 dek, 17:23 4 496 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Juda ham xavfli bo‘lgan parhezlar: takrorlashga urinmang Qish kelishi bilan ko‘pchilik ozish harakatiga tushadi. Lekin shoshilib tez natijaga erishishni va’da qiluvchi parhezlar yordamidan foydalanishni rejalashtirib o‘tirmang. Ularning ko‘pchiligi salomatlik bilan bog‘liq va tuzatib bo‘lmaydigan muammolarga olib kelishi mumkin.

Oqsilli parhez

Bu parhez ozishni xohlovchi, lekin yeyishni yaxshi ko‘radiganlar uchun mukammal variantga o‘xshab ko‘rinadi. Chunki, go‘shtni bemalol yeyish mumkin va bu ayniqsa erkaklarga yoqadi. Lekin, shakardan va oddiy uglevodlardan voz kechish bilan siz to‘yimli yog‘lar va murakkab uglevodlar iste’molini ham cheklab qo‘yasiz. Ular esa gormonlar darajasi me’yorini saqlab turish va organizmni energiya bilan ta’minlab turish uchun kerak bo‘ladi. Olimlarning aniqlashicha, oqsilli parhez yurak-tomir kasalliklari rivojlanish xavfini 28 foizga oshirar ekan.

Yog‘larsiz parhez

Bugungi kunda do‘konlar yog‘siz tvorog va sut, yengil desertlar bilan liq to‘ldirilgan. Lekin yog‘li mahsulotlardan voz kechish yog‘da eruvchan A, E, K vitaminlarining taqchilligiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, siz bu bilan asab tizimiga ham zarba bergan bo‘lasiz, chunki yog‘lar asab tolalarining miyelin qobiqlari shakllanishiga yordam beradi.

Organizmning to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan foydali yog‘lar – avokado, qizil baliq, yong‘oqlar, zaytun yog‘i va saryog‘larni me’yorida iste’mol qilib turing.

Uglevodlarsiz parhez

Uglevodlarni iste’mol qilishni cheklash sportchilarga mos kelishi mumkin, lekin faqat qisqa vaqt oralig‘i uchungina xolos va mutaxassislarning qat’iy nazorati ostida. Bunday parhez modda almashinishini osongina buzishi mumkin.

Xom ovqatlarni yeyish

Ovqatlanishning bunday tartibi hammaga ham to‘g‘ri kelmaydi. Pishirilmagan sabzavotlar, mevalar, rezavor mevalar va yong‘oqlar yeyish oqibati ichaklar faoliyatining buzilishiga, me’da kasallanishiga olib keladi. Hayvon oqsilidan voz kechilganda organizm uni o‘z zaxiralaridan ishlatishga majbur bo‘ladi va natijada siz mushaklar og‘irligini yo‘qotasiz, shu jumladan ichki a’zolar mushaklari ham yupqalashadi.

Xom yeyish rux, yod, magniy, A vitaminlar singishining yomonlashishini keltirib chiqaradi. A vitamini organizmga faqat yog‘lar bilan birga tushgandagina yaxshi singdiriladi. Kalsiy va magniy yetishmasligida oyoq va qo‘llarning uvishish holatlari paydo bo‘lishi mumkin. B12 vitamini yetishmasligi esa kamqonlikni keltirib chiqaradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 177
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 130
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 159
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 349
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 239
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar