“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 13:10
ЎЗO‘Z

Foydalanib qoling

14 noya, 15:56 3 708 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Foydalanib qoling Har qanday ezgu ishni boshlar ekansiz, avvaliga juda qiyin bo‘ladi. Ilm talab qilish bo‘lsin, namozni davomli o‘qish, tunda tahajjudga turish bo‘lsin, nafl ro‘zalar bo‘lsin, sadaqa berish bo‘lsin – har qanday xayrli amal boshida qiyinchilikka to‘la og‘ir ishdek tuyuladi. Agar sabr bilan davom etsangiz, oz-ozdan biroq davomli ravishda bajarib borsangiz, asta-sekinlik bilan o‘sha ish sizning odatingizga aylanadi. Odatga aylangach, uning qiyinchiligi kamayib, rohatini ko‘ra boshlaysiz. Haftalar, oylar, ba’zida yillar davomida o‘sha ishni qoldirmasangiz, bir kun kelib endi u odatgina emas, tabiatingizga, xulqingizga, sizning bir qismingizga aylanib qoladi.

Ilm olish tabiati, borlig‘i bo‘lgan kishi albatta olim bo‘ladi, insha Alloh. Namoz, ro‘za, sadaqa kabi buyuk amallarni xulqiga aylantira olgan kishi esa dinning rohatiga ko‘milib, iymon va Islom halovatida yashaydigan bo‘ladi.

Bu xuddi to‘xtab qolgan mashinani itarishga o‘xshaydi. Boshida qiyin, keyin esa asta-sekin osonlashib boradi, oxirida mashina o‘z-o‘zidan harakat qilaveradi, siz unga o‘tirib (minib), rohatda manzilga yetib olasiz. Endi agar ozroq itarib, harakatlanishni boshlagan paytida, "dam olvolay" desangiz, yana yangidan boshlashning qiyinchiligiga chidashingiz kerak bo‘ladi, maqsadga erisha olmaysiz.

Unutmangki, siz bozordasiz. Bu bozorda Jannat va undagi cheksiz rohatlar sotiladi. Sizning qo‘lingizda bor narsa esa arzimas narsa – joningiz va vaqtingiz. Hozir ikkalasini ushbu bozorning eng qimmatli narsalariga almashtirib olmasangiz, bu ikkalasi baribir sizda qolmaydi. Vaqtingizni har lahzada evaziga tuzukroq narsa olmay yo‘qotib boryapsiz. Joningizni ham bir kun yo‘qotishingiz muqarrar. Vaqtingizni xayrli ishlarga almashtirib, Oxirat savdosini qilib olmaysizmi?!

Vaqtingiz borida, sog‘lom va tirik ekaningizda fursatni qo‘ldan chiqarib, Oxiratda "Ey Alloh, dunyoga qaytar, ozroq sadaqa qilib olay" deysizmi?! Alloh sizga qaytish yo‘q ekanini va’da qildi-ku!

Alloh barchamizni ikki dunyomiz uchun manfaatli ishlarda bardavom qilsin! Vaqtini arzon narsalarga sotib yubor(ayot)gan badbaxt kimsalar qatorida bo‘lib qolishimizdan O‘zi asrasin!

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 0
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 114
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 235
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 142
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 1
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 1
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 11
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 15
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 62
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 57
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 23
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 24
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Bo‘limlar