“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:06
ЎЗO‘Z

Jigarni «ezuvchi» kundalik 9 ta odat va uni tozalovchi 11 ta mahsulot​

10 noya, 19:30 14 343 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jigarni «ezuvchi» kundalik 9 ta odat va uni tozalovchi 11 ta mahsulot​ O‘rtacha 1.4 kg tosh bosuvchi jigar tanada kattaligi jihatidan 2 o‘rinda turadigan muhim a’zo hisoblanadi. Bu jihatdan teri birinchi o‘rinni egallaydi. Jigar organizmning «biokimyoviy laboratoriya»si bo‘lib, tanada hazm qilish, moddalar almashinuvi, immunitetni ta’minlash, tanada oziq moddalarni saqlash kabi muhim vazifalarni bajaradi. Jigar tanadagi to‘qimalarga quvvat va ozuqa moddasi yetkazib beradi. Aks holda bu to‘qimalar halok bo‘ladi.

Uni asrash uchun qaysi kundalik odatlar zararlashi haqida bilib olishimiz juda muhim. Quyida jigar faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni sanab o‘tamiz.

1. Juda kech uxlash va ertalab juda kech uyg‘onish.
2. Peshobni o‘z vaqtida chiqarib yubormaslik.
3. Juda ko‘p ovqat iste’mol qilish.
4. Nonushta qilmaslik.
5. Haddan tashqari ko‘p dori-darmon ichish.
6. Qo‘shimcha moddalar, ranglangan mahsulotlar, soxta shirinlashtirgichlar iste’mol qilish.
7. Yog‘li ovqatlar iste’moli. Imkon qadar ovqatlarni yog‘siz iste’mol qilgan ma’qul. Ayniqsa, holdan toyganda, tungi mahalda yog‘li ovqatlarni tanovul qilmang.
8. Chala pishgan mahsulotlarni iste’mol qilish.
9. Spirtli ichimliklar iste’mol qilish.

Quyidagi mahsulotlar jigarni xastaliklardan xalos qiladi:
1. Sarimsoq piyoz;
2. Apelsin, mandarin;
3. Lavlagi va sabzi;
4. Ko‘k choy;
5. Bargli ko‘katlar;
6. Olma;
7. Zaytun yog‘i;
8. Grechixa;
9. Karam, brokkoli kabi krestgulli sabzavotlar;
10. Limon;
11. Yong‘oq.
Ma’lumki jigar bir qancha toksinlarni qayta ishlaydi. Buning uchun unga juda ko‘p miqdorda kislorod zarur bo‘ladi. Agar kislorod yetishmovchiligi yuzaga kelsa, jigarning ishlash faoliyati og‘irlashadi. Shu sababli, shifobaxsh kislorodli ko‘pik ichib turing.

Jigarni tozalashda lavlagi ham yordam beradi. Bir necha lavlagi olinadi va po‘stlog‘i tozalanib, lavlagi ezilib pishgunga qadar uzoq vaqt qaynatiladi. Bu suyuqlikni kuniga bir necha marta ikki hafta davomida ichish lozim bo‘ladi.

Makkajo‘xorining po‘pilchalarini choy kabi damlab, ikki-uch hafta davomida suv o‘rnida ichish kerak.

Yangi uzilgan sabzavotlardan tayyorlangan turli xil sharbatlar ham jigar faoliyatini yaxshilashga ta’sir ko‘rsatadi.Sabzi (210 g), petrushka (60 g), selderey (150 g) bunday usulda tayyorlangan sharbatni har kuni, bir oy davomida och nahorga ichish kerak.

Yarim stakan tuzlangan karam suvi va yarim stakan pomidor sharbati bilan aralashtirib, uni ham ikki hafta davomida har kuni ovqatdan keyin ichish lozim.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 198
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 133
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 312
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 166
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 358
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 246
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar