“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:02
ЎЗO‘Z

2021 yildan O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta joriy etiladi

10 noya, 09:18 5 296 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2021 yildan O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta joriy etiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yildan boshlab O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni topshirgan. Bunda Janubiy Koreya, Singapur, Germaniya kabi davlatlardan xalqaro konsultantlarni jalb qilib, tegishli qonun va qonunosti hujjatlarini ishlab chiqishni aytgan.

9 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari barcha rivojlangan davlatlarda majburiy tibbiy sug‘urta tizimi joriy etilgani va bu orqali byudjet xarajatlarini kamaytirish, tibbiy xizmat sifatini oshirishga erishilganini ta’kidlagan.

"Tibbiyot sohasida davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirish, ayrim davolash muassasalarini shunday sheriklik asosida yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlash, ularga to‘liq moliyaviy mustaqillik berish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi", deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, yig‘ilishda tibbiy ta’lim tizimini isloh qilish masalasi ham alohida muhokama qilingan. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari filiallarini ochish, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ixtisoslashgan tibbiyot markazlari o‘rtasida integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar bergan.
tibbiy sug‘urta, sug‘urta tizimi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 198
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 133
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 312
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 169
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 358
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 246
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar