“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 16:15
ЎЗO‘Z

Loyiq bo‘lmagach...

04 noya, 14:06 3 677 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Loyiq bo‘lmagach... Zunnun Misriy hazratlarining shogirdlari bo‘lib, u bir yil davomida hazratga ixlos bilan xizmat qildi, yonlaridan ayrilmadi. Bir kuni shogird ko‘nglidagi niyatini hazratga aytdi:

– Ustoz, menga “Ismi A’zam”ni o‘rgatishingizni iltimos qilaman.

Hazrat tabassum qildilar, ammo hech nima demadilar. Shu asno oradan yana olti oy o‘tdi. Bir kuni ustoz o‘sha shogirdni huzurlariga chorlab, qo‘liga og‘zi bo‘z bilan berkitilgan ko‘za tutqazdilar.

– Fustat shahrida bir do‘stim bor. Garchi u meni bir yildan buyon yo‘qlamagan bo‘lsa ham, unga do‘stlik hadyasini yuborishga qaror qildim. Hadyam esa mana bu idishning ichida. Ishonamanki, omonatni do‘stimga yetkazasan.

Shogird ko‘zani olib yo‘lga tushdi. Yo‘lda shayton: “Zunnun Misriyga bir yil xizmat qilding, bilmadi. Yana olti oy yonida bo‘lding, qadringga yetmadi. Bittagina so‘rovingni ham javobsiz qoldirdi. Bir yil mobaynida biror marta yo‘qlab qo‘ymagan odamga esa hadya yuboryapti. Bu juda ham qimmatli narsa bo‘lsa kerak. Asli o‘sha kimsa bunday qimmatbaho hadyaga loyiqmikan?” – deya uni vasvasaga soldi. Shogird bu vasvasalar ta’sirida hech kim yo‘q joyda, yo‘lning chetida ko‘zani ochib ko‘rdi. Kutilmaganda uning ichidan bir sichqon sakrab chiqdi va yerga tushib, bir onda o‘tlarning orasida ko‘rinmay ketdi. Endi aytilgan joyga borishga hojat ham qolmagan edi. Shunday qilib shogird orqaga, ustozining oldiga qaytdi. Hazrat uni tabassum bilan qarshi oldilar va dedilar:

– Azizim, omonat etilgan bir sichqonni joyiga yetkazolmagan insonga “Ismi A’zam”ni o‘rgatish, ishonib topshirish mumkinmi? Bilib qo‘yki, kishi o‘zi loyiq bo‘lmagan narsaga talabgor bo‘lmagani ma’qul.

Manba: Irfon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 90
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 76
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 123
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 241
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 126
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 92
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 39
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 217
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar