“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 22:05
ЎЗO‘Z

"Ko‘z yoshi sabablari nimadan iborat va uni qanday to‘xtatish mumkin?"

30 okt, 04:09 13 876 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Ko‘z yoshi sabablari nimadan iborat va uni qanday to‘xtatish mumkin?" "The New York Times" nashri o‘zining maqolasida xursand yoki xafa odamning yig‘lashi tabiiy jarayon ekanligini ta’kidlagan holda, ko‘z yosh paydo bo‘lishining sabablarini tahlil qilgan. Shu jumladan, avtor ko‘z yoshlarsiz yig‘lash mumkinmi hamda ko‘pchilik oldida yig‘lashdan tiyilishning yo‘li bormi, degan savollariga javob qidirgan.

Ko‘z yoshi sabablari

“Nega faqat odamlar ko‘zyosh qiladi: Ko‘z yoshlari ortidagi sirlar” nomli kitob muallifi Ad Vingerxoetsning (Ad Vingerhoets) aytishicha, yig‘lashning ikki omili bor: ovozning qayg‘uli tus olishi(vocal distress) va ko‘zyosh chiqishi. O‘z bezovtaligini yoki qayerdaligini bildirish uchun go‘daklar ham, hayvonlarning bolalari ham iztirob signallaridan foydalanishadi. Shu bilan birga, vokal iztirob natijasida paydo bo‘ladigan ovoz boshqa ovchilarga ham qo‘l kelishi mumkin. Odam bolasining yoshligi hayvonlarga qaraganda uzoqroq davom etadi. Shu sababli inson qiynalayotganini ko‘rsatish uchun vokal ovozdan tashqari ko‘z yosh qilishni ham rivojlantirgan bo‘lishi mumkin.

Yig‘laganda miyaga hissiyot signallari yetib boradi va miya ko‘z yosh chiqarishga buyruq beradi. Doktor Vingerxoetsning takidalashicha, yosh o‘tishi bilan odam yig‘lashi mumkin bo‘lgan sabablar o‘zgaradi. Yosh bolalar va go‘daklar og‘riqdan yig‘laydi, yoshi katta odamlar esa og‘riqdan yig‘lamaydi. Voyaga yetganda, odamning hamdardlik hissiyotlari shakllanadi va boshqalar qiynalayotganini ko‘rsa, yig‘lashi mumkin. Misol uchun, jamoasining yutug‘idan, yaxshi ijro etilgan roldan paydo bo‘ladigan kuchli ijobiy hissiyot yig‘lashga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo doktor Vingerxoetsning fikriga ko‘ra, voyaga yetganlarda ro‘y beradigan yig‘ining ikkita asosiy sababi bor. Birinchisi – chorasizlik va kuchsizlik bo‘lsa, ikkinchisi ajralish va yo‘qotishdir.

Yig‘laydigan vaziyat oldindan ma’lum bo‘lsa...

“Pittsburgh” universiteti professori Lauren Bylsma (Lauren Bylsma) so‘zlariga ko‘ra, oldindan yig‘laydigan vaziyat bo‘lishini aniqlashning iloji bo‘lsa, hissiy reaksiyani chegaralash mumkin.

● Agar yomon yakunli uchrashuv kutilayotgan bo‘lsa, oldindan hissiyotlar bilan ishlash kerak. “Ozgina yig‘lab olsa ham bo‘ladi”, – deydi doktor Bylsma.

● Bunda eng yomon senariyni xayoldan o‘tkazib, shu vaziyatda nima qilishni rejalashtirib olish lozim.

● Hissiyotli suhbat qilishdan tiyilib, uni nazorat qilish va faktlar aytilishi kerak.

Agar ko‘zdan yosh chiqishni boshlasa...

Ko‘pincha kutilmagan ziddiyat yoki xursandchilik yig‘lashni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday holatda qilinishi kerak bo‘lgan harakatlar:

● Til bilan hissiy "tugma"ni bosish: Vashingtondagi “Body Language” instituti xodimi Janine Driverning (Janine Driver) aytishicha, tanglayni til bilan bosish yig‘lashni to‘xtatadi.

● Yuzadagi muskullarni bo‘shatish: “Agar odam qayg‘uga tushsa, yuzadagi muskullar tortiladi. O‘sha muskullarni bo‘shatish kelayotgan yoshni to‘xtatishi mumkin”, – deydi Janine Driver.

● Chuqur nafas olish: murabbiy Tereza Nguyen (Theresa Nguyen) so‘zlariga ko‘ra, to‘rt sekund davomida burun orqali chuqur nafas olish kerak va nafasni og‘izni to‘la ochmagan holda sekin, sakkiz sekund davomida chiqarish yordam berishi mumkin.

● “Bosh barmoq va ko‘rsatkich barmoq orasidagi terini chimchilash orqali ham yig‘lashni to‘xtatish mumkin”, – deydi Driver

Yig‘lash kasallik belgisi bo‘lishi mumkinmi?

Agar juda oddiy hissiyotlar yig‘ini keltirib chiqarsa va ko‘zyosh to‘kish tez-tez qaytarilsa, bu kasallikdan darak bo‘lishi mumkin. “Yig‘lash qancha miqdordan keyin muammo bo‘lishi haqida chegara belgilanmagan”, – deydi Bylsma.
Nina Bahadur




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 125
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 335
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 228
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 293
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 169
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 77
  • Bo‘limlar