“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:29
ЎЗO‘Z

Tushkunlik va shirinlik: qomatga ta’siri bormi?

21 okt, 14:10 5 175 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tushkunlik va shirinlik: qomatga ta’siri bormi? Xafa bo‘lganimizda ko‘nglimiz beixtiyor shirinlik tusayotganini sezmay qolamiz. Shirinlikka o‘chlik ham tobelik hisoblanadi. Shu sabab, kayfiyatni ko‘tarish uchun qomatga ta’sir ko‘rsatmaydigan boshqa mahsulotlarni iste’mol qilgan yaxshi.

Qand miya faoliyati uchun foydali, usiz xotira pand yeydi, yangi narsani yod olish ham qiyin, degan fikr mavjud. Qisman bu to‘g‘ri, faqat gap qandda emas, balki organizmning har bir hujayrasi uchun quvvat manbai bo‘lmish glyukozada.

Uglevodlar foydalimi?

Shirinlik va xamirli taomlardan vazn ortishi barchaga ma’lum. U holda glyukozani qayerdan olish kerak? Albatta, uglevodlardan. Faqat shokolad kabi tez emas, masalan, yormalar, meva yoki sabzavotlar kabi sekin o‘zlashtiriladigan uglevodlardan. Nonushtaga bo‘tqa yoki bug‘da pishirilgan sabzavotlarni yeng. Ular qorinni uzoq vaqt to‘q tutadi, kaloriyalari esa oz. Agar tushlikkacha shirinlik xohlasangiz, konfet o‘rniga olma yeyishingiz mumkin. Bu foydali tamaddi qomatingizga zarar yetkazmaydi.

Qancha qand yeyish mumkin?

Ko‘pchilik ortiqcha vazn bilan kurashishda uglevodsiz parhezlarni tanlab, qanddan umuman voz kechadi. Bu ikkita sababga ko‘ra noto‘g‘ri. Birinchidan, qattiq cheklashlar parhezning buzilishi va yanada ko‘proq vazn ortishiga olib keladi. Ikkinchidan, miyaning yaxshi ishlashi uchun glyukoza kerak va u baribir glyukozani taomdan bo‘lmasa, mushak to‘qimasidan oladi. Bu esa organizmning umumiy kuchsizligi, tez charchash, moddalar almashinuvining buzilishi va uzoq davom etuvchi tushkunlik holatiga olib keladi. Shuning uchun qandni me’yorida iste’mol qilish kerak. Umumiy qand iste’moli kundalik taom kaloriyasining 10 foizidan oshmasligi lozim.

Agar siz o‘rta yoshlardagi ayol bo‘lsangiz va u qadar og‘ir bo‘lmagan mehnat bilan shug‘ullansangiz, oladigan kundalik kaloriyangiz o‘rtacha 2000 kkalni tashkil qiladi. Demak, siz qomatingizga zarar yetkazmagan holda kuniga 50 g qand iste’mol qilishingiz mumkin, bu taxminan 5 choy qoshiq degani. E’tibor bering, bu yerda choyga solinadigan rafinad qandi emas, kundalik miqdor, shu jumladan, xarid qilingan mahsulotlardagi yashirin qandlar ham nazarda tutilmoqda.

Konfetmi yoki kotlet?

Qomatingizga befarq bo‘lmasangiz, taom tayyorlayotganda masalan, bo‘tqaga, kompotga shakar qo‘shmaslikni o‘zingizga odat qiling. Sut mahsulotlari — kefir, tvorog, ryajenka, yogurtning shakarsiz turlarini xarid qiling. Puding, shirin yogurt, tvorogli massalar kabi shirinliklarni xarid qilmang. Ular tarkibida shakardan tashqari ta’mni kuchaytiruvchi moddalar, shuningdek, xavfli yog‘lar bor.

Agar shirinlik yegingiz kelsa, marmelad, zefir kabi foydali shirinliklarni tanlang. Ularni ham me’yorida iste’mol qiling.

Xafa bo‘lganingizda banan, yong‘oq, suli bo‘tqasi, baliq yoki pishloq yeng. Bu mahsulotlar (me’yorida) qomatga zarar yetkazmaydi va kayfiyatni ko‘taradi.

Ba’zida shirinlik yeyish istagini oddiy ochlik bilan adashtiramiz. Shunda shirinlik o‘rniga go‘shtli taom yeyish mumkin. Parhezshunoslar yog‘li taomning qomat uchun shakar kabi u qadar xavfli emasligini ta’kidlashadi. Qolaversa, yog‘li go‘shtni ko‘p yeyolmaymiz, shirinlik esa qancha yesangiz ham me’daga tegmaydi.

Qand o‘rnini bosuvchi mahsulotlar

Qand o‘rniga quruq meva, fruktoza va qand o‘rnini bosuvchilarni iste’mol qilish foydali hisoblanadi.

Quruq mevalar tarkibida qandlar ko‘p va ular juda kaloriyali. Shu sabab, ularni cheklangan miqdorda — bir-ikki donadan iste’mol qilish kerak. Ikkinchidan, xaridorgir quruq mevalarni foydali deb bo‘lmaydi, ularning tovar ko‘rinishini saqlash hamda saqlash muddatini uzaytirish uchun ishlab chiqaruvchilar turli ayyorona usullarni qo‘llashadi. Qoqi, qora olxo‘ri, mayiz, xurmo va xokazolarni sog‘liq uchun zararli eritmalarda ivitishadi. Agar quruq mevalarni do‘kon yoki bozordan xarid qilsangiz, iste’mol qilishdan oldin albatta qaynoq suvda yuving.

Fruktoza qand o‘rnini bosuvchilarning eng yaxshisi hisoblanmaydi. U jigar tomonidan hazm qilinadi. Shuning uchun uni mevalardan olganimizda jigar buni uddalaydi, qand o‘rniga meva qiyomlarini iste’mol qilsak, jigarga katta yuklama tushadi va bu uning faoliyatidagi buzilishga sabab bo‘lishi mumkin.

To‘g‘ri ovqatlanish tarafdorlari tabiiy qand o‘rnini bosuvchi moddalar (steviya, ksilit, sorbit)ni tavsiya qilishadi. Ammo ularning qanddan shirin va kaloriyali ekanligini unutmaslik kerak. Shu bilan birga ular o‘ziga xos ta’mga ega.
J.ABDURAHMONOV tayyorladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 162
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 128
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 157
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 345
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 236
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar