“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 09:43
ЎЗO‘Z

Ibratli hikoya

19 okt, 15:31 6 516 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ibratli hikoya Bir odam donishmandning huzuriga kelib:

– Siz mudom yaxshi kayfiyatda yurasiz va hech qachon jahlingiz chiqmaydi. Menga ham o‘zingiz kabi inson bo‘lishimga yordam bering, – debdi.

Donishmand biroz o‘ylanib unga kartoshka va qop olib kelishini buyuribdi. U qopni olib kelgach:

– Mabodo biror kimsa seni xafa qilgudek bo‘lsa, undan g‘azablansang, o‘sha odamning ismini kartoshkaga o‘yib yozda, o‘sha kartoshkani qopingga solib qo‘y”, – debdi.

– Bor yo‘g‘i shumi? – ajablanibdi u.

–Yo‘q, bu hali hammasi emas, o‘sha odamlarning ismi bitilgan kartoshkalar solingan qopni o‘zing bilan birga olib yurishing kerak! Maslahat so‘rovchi donishmandning huzuridan ketarkan o‘zidagi illatdan qutilish uchun uning aytganlarini so‘zsiz bajarishga jazm qildi. Shundan so‘ng oradan bir oz vaqt o‘tdi. Kunlar o‘tgan sari uning qopi kartoshkalar bilan to‘lib og‘irlashib qoldi. Qopni doim o‘zi bilan olib yurish nihoyatda noqulaylik tug‘dirib, o‘yib ismlar yozilgani sababli kartoshkalar achiy boshladi. Ana shundan so‘ng badbo‘y hid anqiyotgan kartoshkalardan forig‘ bo‘lishning chorasini izlab yana donishmandning huzuriga borib:

– Bu kartoshkalardan qanday qutulishni bilolmayapman. Birinchidan qop juda og‘ir, ikkinchidan, kartoshkalar achiy boshladi. Boshqa biron narsa taklif qiling? – debdi.

Biroq donishmand uning gapiga unamapti:

– Ko‘rdingmi, insonlarning qalbida ham xuddi shu holat vujudga keladi, ammo biz buni ilg‘amaymiz. Ishlarimiz ko‘nikishlarga, ko‘nikishlar fe’l-atvorga, fe’l-atvorimiz esa qabih odatlarni o‘zlashtiruvchi inson bo‘lishimizga sababchi bo‘ladi. Men senga shu hodisani o‘z ko‘zing bilan ko‘rishing uchun zamin hozirladim. Arazlash yoki birovni xafa qilishdan oldin mana shu hodisani ko‘z oldingga keltir, – deb unga saboq beribdi.
Manbalar asosida Baxmal tumani “O‘ray” jome masjidi imom-xatibi
Meliboyev Burxon tayyorladi

Manba: imon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 199
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 127
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 104
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 134
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 243
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 149
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 0
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 0
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 0
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 0
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 0
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 0
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 0
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 109
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 226
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 31
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 81
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 135
  • Bo‘limlar