“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:37
ЎЗO‘Z

Yogʻli oziq-ovqatlarni yeb ozish mumkinmi?

30 sen, 17:20 5 082 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yogʻli oziq-ovqatlarni yeb ozish mumkinmi? “Yogʻlarni yeng va ozing” (Eat Fat, Get Thin) kitobining muallifi doktor Mark Xayman ozish uchun albatta yogʻli oziq-ovqat isteʼmol qilish kerakligiga ishonchi komil. Uning fikricha, toʻgʻri ovqatlanishning 5 ta asosiy qoidalari mavjud boʻlib, ulardan koʻpchiligi aynan tarkibida yetarli miqdorda yogʻlar boʻlgan ovqatlarni isteʼmol qilishga asoslangan.

Sabzavotlar — ovqatning asosi

Xayman parhezida ovqatning 70—80 foizi sabzavotlar, donlar, dukkaklilar va mevalardan iborat boʻlishi lozimligi koʻzda tutilgan.

Oʻzingiz bilan yongʻoq va pista olib yuring

Muallifning aytishicha, sayohatlar vaqtida boshqa zararli mahsulotlarni yeb qoʻymaslik uchun doimo oʻzi bilan paketchada yongʻoq olib yurar ekan. “Yogʻ va oqsil — mening tamaddim”, — deydi u.

Saryogʻ va margarin oʻrniga — zaytun yogʻi

Zaytun yogʻi yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Shuningdek, baʼzi tekshirishlar xolesterinning umumiy miqdorini ham kamaytirishi mumkinligini koʻrsatdi. Zaytun yogʻi boshqa oʻsimlik yogʻlari singari yetarlicha kaloriyali boʻlgani uchun uni bemalol saryogʻ va margarinning oʻrniga ishlatish mumkin.

Steyk oʻrnida — yogʻli baliqlar

Losos, makrel va forel kabi yogʻli baliqlar — Omega-3 yogʻ kislotasiga juda boy. Omega-3ni organizmning oʻzi ishlab chiqarmaydi va u isteʼmol qilingan oziq-ovqatlardan olinadi. Inson organizmi uchun uning ahamiyati juda muhim boʻlib, hatto yurak xastaligi va insultning oldini ham oladi.

Oq non va guruchni kamroq isteʼmol qiling

Tozalangan uglevodlar yuqori boʻlgan va butun donlar past boʻlgan parhez sogʻliq bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqaradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 121
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 303
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 153
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 342
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 233
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar