“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:27
ЎЗO‘Z

Kuchuklardan birini tanlang va boshqalarni maftun qiladigan jihatlaringizni bilib oling

27 sen, 21:44 6 664 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kuchuklardan birini tanlang va boshqalarni maftun qiladigan jihatlaringizni bilib oling 1. Kamalak rang kuchuk

Siz yoqimtoysiz, yoqimtoyligingiz bevosita va doimiydir. Siz dunyo goʻzalligini yaxshi koʻrasiz, sizga maftunkor inson boʻlish yoqadi. Yaxshi did egasi, xushfeʼllik va yengilmas kuch egasisiz. Sizning hayotni sevishingiz, xushmuomilaligingiz va jahldor emasligingiz juda ham yoqimli. Aynan shu sizning maftun etish siringiz hisoblanadi.

2. Donishmand kuchuk

Siz tabiatan hotirjam va kuchlisiz. Qaror qabul qilishda shoshmaydigan insonsiz. Siz mulohazali insonsiz, avval oʻylab keyin bajarasiz. Sizdan maslahat soʻrasa boʻladi, insonlarni kamdan-kam tanqid qilasiz va gʻiybatni yomon koʻrasiz. Siz tinglashda — eʼtiborlisiz, maqtashda — samimiy, maslahat berishda — masʼuliyatlisiz. Siz xayrxoh va oliyjanob yurak egasisiz.

3. Baxtli kuchuk

Xarakteringizga koʻra optimistsiz. Eng qiyin vaziyatlarda ham voqea hodisalarning ijobiy tomonlarini koʻra bilasiz. Siz barcha muammolar tugashiga va omadsizliklar abadiy davom etmasligiga qattiq ishonasiz. Siz bu dunyo goʻzalligini tushunasiz, eng pozitiv daqiqalarni topasiz va oddiy xursandchiliklarni ham koʻra bilasiz. Sizning yoningizda boʻlish yengillik beradi va qalbda yorqin hislar uygʻotadi — bu sizning maftun etish siringizdir.

4. Faol kuchuk

Boʻysunmas feʼl va faol tabiatlisiz. Siz zerikishni yomon koʻrasiz va harakatsizlikni koʻtara olmaysiz. Yorqin yashashni istaysiz, sizga yangi va kuchli hislar kerak. Turli tomoshalarni yoqtirasiz va qiziquvchan aql egasisiz. Sizga foydali, gʻaroyib va chiroyli narsalar yoqadi. Hissiyotga beriluvchan, baʼzan qiziqqonsiz. Siz hech qachon ortiqchalik qilmaysiz, sizsiz qandaydur boʻshliq hosil boʻladi — bu sizning odamlarni mahliyo etish siringizdir.

5. Gʻamgin kuchuk

Siz yoqimli va sezgir insonsiz. Siz boshqalar sezmaydigan narsalarga ahamiyat berasiz. Boshqalarning beeʼtiborligi sizning tabiatingizni kamsitishi mumkin. Oddiy detallarga ham eʼtibor qaratasiz va insonni holatini uning xatti harakati, qarashlari, ovozi va yuz mimikasiga koʻra his qila olasiz. Shuningdek yaxshi psixologsiz, intuitsiyangiz yaxshi rivojlangan — insonlar oʻzi anglamagan holda ong osti holatida, maftunkorligingiz sirini tushunmay siz tomon talpinishadi.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 185
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 130
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 306
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 160
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 349
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 241
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar