“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 02:58
ЎЗO‘Z

Energiyadan oqilona foydalanish boʻyicha oʻrganishlar natijasi qanday?

22 sen, 12:45 4 505 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Energiyadan oqilona foydalanish boʻyicha oʻrganishlar natijasi qanday? Yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tomonidan “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunning ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tartibida oʻrganishlar oʻtkazildi.

Parlament quyi palatasida ana shu oʻrganishlar yakuni muhokama qilindi. Oʻrganishlar mazkur qonunni bugungi kun talablariga mos ravishda qayta koʻrib chiqish, uning bajarilishini taʼminlovchi qonunosti hujjatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish, ularni yanada takomillashtirish zaruriyati mavjudligini koʻrsatdi.

Taʼkidlanganidek, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida Harakatlar strategiyasida oʻz aksini topgan.

Uglevodorodli yerosti boyliklari resurslarining cheklangani hamda ulardan iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish surʼatining jadallashuvi tufayli energiyani tejab-tergab ishlatish bugungi kunning dolzarb masalasiga aylangan.

Tahlillarga koʻra, bugungi kunda mamlakatimizda muhandislik kommunikatsiyalarning eskirishi va qoniqarsiz izolyatsiyasi natijasida energiya sarfi yiliga 320-690 kVt soat/metr kvadratni tashkil etmoqda. Bu koʻrsatkich rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi koʻrsatkichga nisbatan 2-2,5 marta ortiq. Energiyadan oqilona foydalanish evaziga iqtisod qilingan xarajatlar kommunal toʻlovlarni 25-30, atrof-muhitga chiqarilayotgan zaharli moddalarni 30 foizgacha kamaytirishga imkon beradi.

Yana bir eʼtiborli jihati, bularning barchasi makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish bilan birga, milliy valyutamiz va ichki bozordagi narx-navo barqarorligini taʼminlashga, xalqimiz turmushi farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Deputatlar energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan manbalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar faoliyati talab darajasida emasligini qayd etdi. Shuningdek, energiya tejovchi qurilmalar, dastgohlar va qurilish materiallaridan foydalangan isteʼmolchilarni ragʻbatlantirish mexanizmi ham qonun talablari doirasida bajarilmagan. Energetika sohasida raqobatni kuchaytirish ekspertiza qiluvchi tashkilotlar uchun yagona talabni ishlab chiqish, ularning shaffofligi va mustaqilligini taʼminlashni taqozo etadi.

Oʻrganishlar davomida isteʼmolchilar mazkur qonun bilan belgilangan imkoniyatlar, ularning afzalliklari va ahamiyati haqida yetarlicha xabardor emasligi qayd etildi.

Tadbir yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tiniq yuz terisi va sog‘lom ichaklar garovi bo‘lgan yeguliklar 17 мая, 07:55 227
  • Qon bosimini tushiruvchi kaliyga boy mahsulot — mayizning foydali xususiyatlari 13 мая, 13:51 270
  • Doimiy ravishda konditsioner yoqilgan xonada o‘tirish qanday salbiy oqibatlarga olib keladi? 11 мая, 13:05 185
  • Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin? 11 мая, 06:00 396
  • Qarish jarayonini tezlashtirib yuboradigan 5 ta mahsulot 09 мая, 22:30 438
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 666
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 14
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 6
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 5
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 9
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 85
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 54
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 40
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 42
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 24
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 310
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 86
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 104
  • Bo‘limlar