“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 04:08
ЎЗO‘Z

Suratlardan birini tanlang va qanday suhbatdosh ekanligingizni bilib oling

18 sen, 22:43 8 170 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Suratlardan birini tanlang va qanday suhbatdosh ekanligingizni bilib oling 1. Koʻk atirgul. Qaysidir ertakda koʻk atirgul haqiqat timsoli sifatida gavdalantirilgan. Oʻsha atirgulni koʻrgan har qanday inson haqiqatni va faqat haqiqatni gapirishni boshlagan. Koʻk atirgulni tanlabsizmi demak siz rostgoʻy insonsiz. Siz bilan suhbatlashish yoqimli. Maqtanmaysiz, gapni boʻlmaysiz, eshitishni va qayerda nima deyishni yaxshi bilasiz. Atirgul – gullar qirolichasi hisoblanadi. Siz ham oliy nasab insonlardek nomus bilan gaplashasiz, muloqotga kirishuvchan, diqqat-eʼtiborlisiz, sizda hazil hissi yaxshi rivojlangan. Juda yaxshi suhbatdoshsiz.

2. Koʻk oqshom, derazalarda chiroq yoniq, havorang vagon yeldek uchib, chayqalmoqda. Juda qulay va shinam holat. Siz bilan suhbatlashish ham huddi shunday. Nutqingiz xotirjam va maʼnoli, suhbatni kerakli oqimga yoʻnaltirishni bilasiz. Ovozingiz juda yoqimli va kulishingiz chiroyli. Gapirishingiz yoqimli. Qisqa ammo hayratlanarli hikoya soʻzlab bera olasiz. Taʼkid va izohlaringiz doim oʻrinli. Suhbatni qoʻllab-quvvatlash va vaqtida tugata olish qobilyatingiz bor. Maftunkor suhbatdoshsiz.

3. Sariq derazali koʻk devor. Mehribon va rahmdil suhbatdoshsiz. Doim qoʻllab-quvvatlaysiz, hamdard boʻlasiz, tasalli berasiz va yashashga ilhomlantira olasiz. Siz bilan odamlar ochiq-oydin suhbatlashishadi. Ular mehringiz va hamdardligingizni his qilishadi. Doim insonlarga yordam bergingiz keladi. Aqllisiz. Xotirangiz kuchli. Boshqa bir inson oʻzini yaxshi his qilishi uchun doim nima deyishni va qanday maslahat berishni bilasiz. Jonkuyar suhbatdoshsiz.

4. Sirli koʻk oʻrmon. Biroz qoʻrqinchli, ammo chiroyli. Huddi sizning suhbatlashish uslubingizdek. Siz bilimdon, qoʻpol, yorqin suhbatdoshsiz. Oʻtkir mavzularda suhbatlashishni sevasiz, aqlli inson bilan bahslashishni yoqtirasiz. Hayratlanarli dalillarni keltirib, kutilmagan isbotlarni tayyorlab qoʻyishni uddalaysiz. Siz bilan suhbatlashish – har kimga ham emas. Lekin sizni tinglash – haqiqiy rohatning oʻzginasi. Soʻz ustasisiz. Aqlli va emotsional suhbatdoshsiz.

5. Koʻk toʻlqin. Ishonch bilan ayta olamizki siz bilan odam zerikmaydi hisob. Va siz bilan inson har doim ham oʻzini qulay his qilmaydi. Suhbatda kayfiyatingiz tez-tez oʻzgarib turadi. Impulsiv insonsiz. Romantik kayfiyat tezda skeptikiga oʻrin almashib pessimistik kayfiyatga oʻtib ketadi. Quvnoq suhbat eng qizgʻin nuqtasida ham birdan jahl otiga minib olishingiz mumkin. Huddi dengizga oʻxshaysiz. Bazan sokin va maftunkor, bazan undanda goʻzal deyarli havfli boʻron. Emotsional suhbatdoshsiz.

6. Oʻzga sayyoralik, siyoh, rang, koinot, kaftda koʻk yer shari. Introvertmisiz? Yoki gapirishdan koʻra tinglashni koʻproq yoqtirasizmi? Odamlar sizni har doim ham tushinishmaydi. Oʻzingizni dunyoga tushintirishga unchalik harakat ham qilmaysiz. Sizning oʻz dunyoingiz bor. Shaxsiy. Oʻz qonun va qoidalari ega. Unga kimdir kirishga harakat qilishini yoqtirmaysiz. Yopiq insonsiz. Oʻylashni, ijod va tafakkur qilishni yoqtirasiz. Muloqotdan tez charchaysiz. Tezroq ketgingiz keladi. Sizni ushlab qolishga kamdan kam harakat qilishadi.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 198
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 133
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 312
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 169
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 358
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 246
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 123
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 329
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar