“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 17:23
ЎЗO‘Z

Bizga milliy birlik va totuvlik kerak

14 sen, 19:12 6 245 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bizga milliy birlik va totuvlik kerak Bugun biz milliy birlik, milliy totuvlikka har qachongidan koʻra muhtojmiz. Agar biz millat sifatida birlasha olsak kuchli boʻlamiz, taraqqiyotga erishamiz va barcha sohalarda olgʻa yuramiz. Boʻlmasa, bir-biriga dushman va kuchsiz millatga hamda dunyo davlatlari ichra qoloq, johil va madaniyatsiz mamlakatga aylanamiz.

Hozir bizga aynan milliy totuvlik kerak. Tan olaylik, ayni vaqtda Oʻzbekiston jamiyati oʻta qutblashgan. Bir-birini tan olmaydigan, bir-biriga yovqarash toifalardan tashkil topgan. Ana shu toifalarni bir maqsad, bir bayroq ostida birlashtira olsakkina najot topamiz. Aks holda, bir necha yuz yilliklardan beri davom etayotgan tanazzulimiz chuqurlashaveradi.

Hozir biz tarixiy burilish onlarida turibmiz. Mamlakatimiz rahbari boshlab bergan keng qamrovli islohotlar davrida, aynan milliy totuvlikka erishishimiz asosiy masala boʻlmogʻi darkor. Boshqacha aytganda, bizning hayotimiz ham, mamotimiz ham – milliy totuvlik.

Aytganlarimdan kelib chiqib, millatning musulmon bir raiyyati oʻlaroq, milliy totuvlik uchun jamiyatning barcha qatlam va toifalarini oʻzaro hamkorlikka, bir-birini tushunishga va shu vatan ravnaqi uchun birlashishga chaqiraman. Yaxshilik yoʻlida qoʻlni-qoʻlga beraylik! Zero Alloh ham Oʻz Kalomi – Qurʼoni Karimda: “Yaxshilik va taqvo yoʻlida hamkorlik qiling”, deydi (“Moida” surasi, 2-oyat).

P.S. Bu oʻrinda millatdan murod faqat oʻzbeklar emas, balki vatanimizda yashayotgan va turli millat vakillari boʻlgan barcha Oʻzbekistonliklardir. Bunda dinidan, eʼtiqodidan, millatidan, qarashidan, tilidan qatʼiy nazar hamma nazarda tutilmoqda. Millat soʻzi jumlalar siyoqiga yaxshi tushganligi uchungina ishlatildi.
Mubashshir AHMAD hafizahulloh

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 124
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 300
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 149
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 334
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 225
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 292
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 2
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Bo‘limlar