“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:20
ЎЗO‘Z

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi

10 sen, 13:26 6 458 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi Qarish muammolari boʻyicha Milliy institut va Jon Xopkins Universiteti (AQSH) olimlari tungi uyquning kam miqdori va Alsgeymer - hayot sifatining jiddiy yomonlashuvi hamda erta oʻlimga olib keluvchi davolanmaydigan kasallik oʻrtasida bogʻliqlik borligini aniqladilar. Bu haqda EurekAlert!ʻdagi matbuot xabarnomasida aytiladi.

Mutaxassislar 1958 yildan boshlab uch mingdan ziyod kishi qatnashgan Baltimore Longitudinal Study of Aging uzoq muddatli tadqiqot davomida olingan maʼlumotlarni tahlil qildilar. 1991-2000 yillar davrida koʻngillilar oʻrtasida soʻrov oʻtkazildi, uning davomida ularga uyqu sifati va kunduzgi uyquga oid qator savollar berildi. Sinovda ishtirok etganlar guruhi Alsgeymer kasalligining belgisi boʻlgan beta-amiloid birikmalar identifikatsiyasi uchun Pittsburgh B (PiB) kimyoviy birikmasidan foydalanib, pozitron-emission tomografiyasidan oʻtkazildi.

Tadqiqotchilar soʻrovdan oʻtgan, 16 yildan soʻng esa - PiB tomografiyasidan oʻtkazilgan 123 nafar koʻngillini aniqlashdi. Maʼlum boʻlishicha, kunduzgi vaqtda mudragan, uyqusi kelgan kishilarda amiloid birikmalarni toʻplash xavfi boshqa ishtirokchilarga qaraganda deyarli uch baravar koʻp boʻlgan.

Olimlarning fikriga koʻra, bunday natijalar kunduzgi mudrash, surunkali shaklda beta-amiloidlarning hozircha nomaʼlum boʻlgan mexanizm orqali shakllanishiga olib keluvchi yomon tungi uyqu natijasi sanaladi. Biroq, tadqiqotchilar birikmalarning oʻzi uyqusizlikni chaqirishi mumkin ekanini hozircha istisno eta olmayaptilar.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq hayotni uzaytiradigan uyqu davomiyligi maʼlum qilingandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 190
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 309
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 162
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 353
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 244
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar