“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 23:11
ЎЗO‘Z

Sogʻliqqa ziyon yetkazmasdan vazn toʻplash mumkinmi?

07 sen, 10:26 5 608 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sogʻliqqa ziyon yetkazmasdan vazn toʻplash mumkinmi? Koʻpchilik ayollar uchun ozish asosiy muammoga aylangan. Biroq shunday vaziyatlar ham uchraydiki, organizmingizning oʻziga xos jihatlari tufayli vazn toʻplay olmaysiz. Aslida vazn tashlashdan koʻra uni toʻplash qiyinroq kechadi. Biroq quyida eʼtiboringizga havola etilgan koʻnikmalarni egallab, qisqa muddatda vazn toʻplashingiz mumkin.

1-qoida: Kaloriyalarni hisoblang

Koʻpchilik qizlarga koʻp ovqat yesa ham semirmayotgandek tuyuladi. Aslida esa bunday boʻlmaydi. Kaloriyalarni qatʼiy hisoblab borish bilan qancha isteʼmol qilayotganingizni bilib olishingiz mumkin.

Agar kaloriya yetarli emasligi aniqlansa (oʻrtacha boʻy uchun 2000 kaloriyadan kamroq), shunchaki koʻproq yeyish kerak. Aynan nimalarni isteʼmol qilish kerak?

2-qoida: Super-mahsulotlarni tanlang

Koʻpchilik shirin va kaloriyasi yuqori mahsulotlarni isteʼmol qilishni oʻziga ruxsat bera olmasa, siz bu masalada erkinsiz. Menyu yuqori kaloriyali mahsulotlarni oʻz ichiga olishi kerak. Biroq bu kartoshka fri va biskvit tortga ruju qoʻyishni anglatmaydi.

Yogʻli goʻsht, tuxum va sutli mahsulotlar ham xolesterin manbasi ekanligini unutmang. Ortiqcha xolesterin esa yurak-qon tomir tizimi xastaliklariga olib keladi. Ortiqcha shakar esa teri holati, tishlar va sogʻlik uchun salbiy taʼsir qiladi.

Xoʻsh unda qanday yoʻl tutish lozim?

Bir vaqtning oʻzida ham kaloriyali ham foydali super-mahsulotlarni isteʼmol qiling. Bu — yongʻoq, pista, baliqning yogʻli turlari, avokado; shuningdek, asal, xurmo, banan, kunjut va yongʻoqli konfetlar ham foydali sanaladi.

Agar kaloriya yetarli boʻlsa ham vazn toʻplay olmayotgan boʻlsangiz, demak sizda moddalar almashinuvi juda tez amalga oshadi. Bunday holatda qancha yesangiz ham vazn toʻplay olmaysiz. Bunda boshqa usullar ish beradi.

3-qoida: Mashqlar yordamida press mushaklarni rivojlantirish

Press mushaklarni rivojlantirishga mashqlar va oqsilga boy ratsion yordam beradi. Mashgʻulotlardan soʻng vaznning har bir kilogrami uchun 0,5 gramm oqsil va 0,5 gramm uglevod isteʼmol qilish kerak boʻladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tiniq yuz terisi va sog‘lom ichaklar garovi bo‘lgan yeguliklar 17 мая, 07:55 216
  • Qon bosimini tushiruvchi kaliyga boy mahsulot — mayizning foydali xususiyatlari 13 мая, 13:51 266
  • Doimiy ravishda konditsioner yoqilgan xonada o‘tirish qanday salbiy oqibatlarga olib keladi? 11 мая, 13:05 182
  • Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin? 11 мая, 06:00 393
  • Qarish jarayonini tezlashtirib yuboradigan 5 ta mahsulot 09 мая, 22:30 432
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 662
  • So'nggi yangiliklar
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 0
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 0
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 0
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 0
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 5
  • Superliga. “Navbahor” “Neftchi”ni mag‘lub etdi, “OKMK” esa “So‘g‘diyona”dan ustun keldi 19 мая, 21:22 28
  • Minimal eksport narxlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda 19 мая, 21:04 32
  • Xitoy nega Rossiyani qo‘llamoqchi emas? Tahlilchilar – Putinning Pekinga tashrifi haqida 19 мая, 20:23 95
  • Usik va Fyuri natijalar e’lon qilinishidan oldin nimalar haqida suhbatlashgan edi? 19 мая, 19:57 78
  • Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi 19 мая, 19:30 219
  • Isroil harbiy mahkamasi vaziri Netanyaxuga tahdid qildi 19 мая, 19:20 138
  • A Seriya. Shomurodovning jamoasi “Kalyari” “Sassuolo”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 19 мая, 18:28 139
  • Bo‘limlar