“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:10
ЎЗO‘Z

Nozik xilqat ziynati

31 avg, 09:56 5 343 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nozik xilqat ziynati Esimni tanibmanki, negadir akalarim orasida katta boʻlganim uchunmi, doim oʻgʻil bolalarga oʻxshashga intilaverardim. Tegmaganga tosh otar, kimnidir xafa qilib yurar edim. Qizlarga oʻxshab qoʻgʻirchoq oʻynashni esa umuman yoqtirmasdim. Ularni oʻyinchoqlarini ham olib qoʻyar, rosa yalintirib miriqib kulardim. Oʻzim esa akalarimning oʻyinlarini mazza qilib oʻynardim. Buni oqibatida bolalarning ota-onalari uyimizga shikoyat qilib kelaverishardi, kelaverishardi. Buvijonim esa goh koyib, goh kuyinib: “Bolaginam, bu ishing yaxshi boʻlmabdi, qiz bola degani hadeb shoʻxlik qilaverishi yarashmaydi. Axir akalaring oʻgʻil bola boʻlsa. Sen odob-axloqda, yurish-turishda ulardan ajralib turishing, hayoli, iboli boʻlishing kerak. Duch kelgan gapni gapiraverish, toʻgʻri kelgan ishni qilaverish, xoʻsh qizlarga yarasharmidi?!”, singari gaplarni aytib nasihat qilardilar. Yosh boʻlganim uchunmi bu gaplar bir qulogʻimdan kirsa, birisidan chiqar, yana shoʻxlik qilib charchamasdim.

Lekin hamma narsa ham vaqtincha ekan. Inson ulgʻaya boshlagach oqu qorani, egri bilan toʻgʻrini farqlay boshlarkan. Yoshlikdagi shoʻxliklar oʻz-oʻzidan bosilib, ularning oʻrnini hayo, kamtarlik, vazminlik egallay boshlarkan. Men ham yoshimga yosh qoʻshilib, ulgʻayganim sayin aqlimni taniy boshladim. Endi koʻchada mensiz oʻynalmaydigan oʻyinlar qiziqtirmasdi. Buvimning yonlaridan esa sira ketgim kelmas, diltortar suhbatlarini eshitib toʻymasdim. Uy-roʻzgʻor ishlarini erinmay koʻrsatib berar, hayotda qiz bolaning vazifalarini, avvalo u sodiq rafiqa, mehribon ona boʻlishini uqtirib borardilar. Ilgarilari bu qulogʻimdan kirib, u yogʻidan chiqqan soʻzlar, endi butunlay qalbimga muhrlanib borardi.

Bir kuni soʻrida koʻrpa qavib oʻtirar ekanlar, yonlariga chaqirdilar. Qarasam koʻzlari yoshlanibdi. Biror ogʻiz soʻz aytishga botinolmay turib qoldim. Keyin oʻzlari gap boshladilar: “Bolajonim, qaragin, manavi koʻrpalarni senga atab tikyapman. Qiz bola palaxmon toshi, qayerga otsa shu yerga tushadi, deyishadi. Bir qiz bola uchun kerak boʻladigan seplarni yigʻib qoʻydik ayang bilan. Lekin ona qizim, shuni yaxshilab bilib olishing kerak. Qizlar sepining koʻp-kamligi, anjomlarining qimmatbaholigi, taqinchoqlarining aslligi bilan qadrlanmaydilar. Aksincha, odob-axloqi, chiroyli tarbiyasi, shirinsuxanligi, sabrli-toqatli, itoatli boʻlishi ila hurmatlanadi, eʼzozlanadi. Kelinlik katta bir masʼuliyat, ham sharafdir. Shu bilan birga uning odoblari ham bor. Ayol kishi avvalo qanoatli va xushfeʼl boʻladi. Xojasi nima olib kelsa mamnuniyat bilan qabul qiladi. Aytilgan ishlarda itoatli boʻladi. Hattoki soʻzlariga diqqat bilan quloq tutadi. Roʻzgʻorning tinch boʻlishida ozodalik eng muhim ish boʻlgani uchun, yaxshi ayollar hamma yerni saranjom-sarishta qilib qoʻyadilar. Ham oʻzlarining, ham xojalarining liboslarini toza tutadilar. Yomon hidlar dimogʻni emas, balki dilni ham xira qiladi. Uddaburon bekalarning lazzatli ovqatlari doim bir vaqtda pishadi, dasturxonlari yozigʻlik turadi. Sababi, ochlik va toliqish insonni gʻazabini tez keltiradi.

Roʻzgʻor ashyolari, uydagi mahsulotlarni ishlatishda tejamkor va ehtiyotkor boʻladi. Erning mol-dunyosini isrof qilmaslik, ishni koʻzini bilish va uni qadrlashning belgisi demakdir. Bundan tashqari ayol kishi erining yaqinlari, qarindosh-urugʻlariga chiroyli hurmat koʻrsatadi. Ularni aslo yomonlamaydi. Ayollar orasida eshitgan har qanday soʻzni aytib dilini gʻash qilmaydi. Shu bilan birga erining sir-asrorlarini hech kimga fosh qilmaydi. Uyning gapini koʻchaga olib chiqmaydi. Bu bilan uning ishonchini yoʻqotasan. U xafa boʻlsa, xursand boʻlib, xursandligida xafa boʻlib yurish fahmsiz va tarbiyasi buzuq odamlarning ishidir. Unga yoqmaydigan ne ish borki, ularni tark qiladi”. Buvim gaplarini tugatar ekanlar, “uqib oldingmi?” deganday bir qarab qoʻydilar. Men esa koʻzlarimni yerdan ololmas, indamay oʻtirardim…

Mana oradan necha yillar oʻtdi, bugun buvim hayotda yoʻqlar, ammo oʻzlarining nasihatlari bilan hamon men bilan yashayotganday boʻlaveradilar. Buvimning oʻgitlari hamon quloqlarim ostida jaranglab turadi.

Manba: islaminstitut.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 160
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 127
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 155
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 344
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 236
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar