“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 18:40
ЎЗO‘Z

Nima uchun duo har doim ham qabul bo‘lavermaydi?

15 avg, 09:55 20 716 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nima uchun duo har doim ham qabul bo‘lavermaydi? Har kuni Alloh taoloning huzuriga milliardlab duolar ko‘tariladi.

Ko‘pchiligimiz «Nega duolarim qabul bo‘lmayapti?» deya kuyunishi bor gap.

Avvalo, duo qilish odoblari va shartlariga rioya qilish darkor. Qolaversa, har qanday duoning o‘sha zahotiyoq ijobat qilinmasligining quyidagi bir nechta hikmatlari bor.

Birinchidan, har kimning hayot yo‘liga aloqador sabablar tufayli hamma odamlarning duosi ijobat bo‘lishi mumkin bo‘lmagan narsadir. Misol uchun, hamma boylik so‘raydi. Agar Alloh hamma banalarning so‘rovini ijobat qilib, hamma baravariga boyib ketsa, ko‘pchilik insonlar tug‘yonga ketishlari, yer yuzi fasodga to‘lishi shubhasiz. Alloh taolo aytadi: «Agar Alloh bandalariga rizqni keng qilib qo‘ysa, albatta, ular yer yuzida haddan oshib keturlar, lekin U O‘zi xohlaganiga o‘lchov bilan tushiradi. Albatta, U O‘z bandalaridan o‘ta xabardordir, o‘ta ko‘rib turuvchidir» ("Shuaro" surasi, 27-oyat).

Ikkinchidan, albatta, inson duoda yaxshilikni so‘rab, yomonlikdan panoh tilaydi. Lekin yaxshilik va yomonlik doim ham inson tasavvuridagidek bo‘lmaydi. U o‘z o‘y-xayolidagi yaxshilikni istab duo qiladi. Aslida esa bu uning uchun yomonlik bo‘lishi mumkin. Taqdir unga bir ishni ixtiyor qilsa, uni yomonlik deb hisoblaydi. Keyin kunlar o‘tib, uning yaxshilik ekani ayon bo‘ladi. Bu haqda Alloh taolo aytadi:

«Ajab emaski, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va ajab emaski, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladir, siz esa bilmassiz» ("Baqara" surasi, 216-oyat).

Uchinchidan, duo qilgan insonning barcha holatida uning duosi ijobat bo‘ladimi-yo‘qmi, baribir unga yaxshilik bo‘laveradi. Agar duosi amalga oshsa, u bilan baxtli bo‘ladi. Agar amalga oshmasa, yoki Alloh bu duoni unga keladigan bir yomonlikning qaytishiga sabab qiladi, yoki uni oxirati uchun zahira qiladi, yoki bir oz vaqtdan so‘ng amalga oshiradi, yoki duosidan unga oxiratini evaz qiladi. Buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislarida ta’kidlab aytganlar:

«Yer yuzida qay bir musulmon gunoh aralashtirmasdan, qarindoshlik aloqasini uzmasdan turib duo qilsa, albatta, Alloh taolo unga yo so‘raganini tezda beradi, yoki o‘shaning mislicha yomonlikni undan burib qo‘yadi».

Termiziy rivoyat qilgan.

To‘rtinchidan, ba’zilar shariat buyruqlarini bajarmay, qaytariqlaridan qaytmay, qalbida Allohga xolislik bo‘lmay, g‘ofil qalb bilan duo qiladilar. Bu sabablar uning duosi qabul bo‘lmasligi uchun yetarlidir. Sa’d ibn Abi Vaqqos roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Duo qiling, men duosi ijobat bo‘ladiganlardan bo‘lay», deganida, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Taomingni pok qil, duoing qabul bo‘ladi», dedilar» .

Manba: Islom.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 114
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 284
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 139
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 329
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 218
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 279
  • So'nggi yangiliklar
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 2
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 1
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 16
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 56
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 39
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 175
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 21
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 158
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 38
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 56
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 102
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 288
  • Bo‘limlar