“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:43
ЎЗO‘Z

Otangga o‘xshama o‘g‘lim...

17 iyul, 17:13 5 510 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Otangga o‘xshama o‘g‘lim... Endigina olti yoshga to‘lgan o‘g‘limning berilib rasm chizayotganini ko‘rib qiziqqancha yoniga bordim:

- O‘g‘lim nimaning rasmini chizyapsan?
- Sizni, oyimni va o‘zimni, — nigohlarini menga qadadi u.

Suratga ahamiyat bersam, o‘zining va mening ko‘ksimga yurak chizgan va negadir ularni qora rangga bo‘yagandi.

- O‘g‘lim, yurak qizil rangda bo‘ladi. Mana bu qalam bilan ranglash kerak edi.
- Buni bilaman.

- Unda nega qora rangga bo‘yading?

U menga aybdorona boqib, gapirishda davom etdi:

- Buvimning aytishicha, boshqalarni yig‘latgan odamlarning yuragi qora bo‘larkan. Siz kecha oyimni yig‘latdingiz-ku?

Jajjigina o‘g‘limning so‘zlaridan kechagi dilxiralik yodimga tushib ketdi. Jahlimga erk berib qilgan ishimdan o‘z o‘g‘lim oldida uyalib qoldim. Shunday bo‘lsada gapni hazilga burdim:

-Unda seniki nega qora? Yoki sen ham biror qo‘shni qizni yig‘latdingmi?
-Yo‘q men hech kimni yig‘latmadim. Shunchaki! O‘zingiz doim aytasizku “Sen xuddi menday bo‘lishing kerak” deb. Shunga…

O‘zi bilib bilmay dadasiga saboq berib qo‘ygan farzandimni bag‘rimga bosar ekanman, etim jimirlab ketdi. Bo‘g‘zimni kuydirib, bir jumla otilib chiqdi:

- Otangga o‘xshama o‘g‘lim…

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 190
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 309
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 162
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 353
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 244
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar